29.10.2019 yilda Qaşqadaryo viloyati, Şahrisabz tumani hokimiyati qişloq xöjaligi masalalari böyiça mutaxassisi B.A. (1982 y.t.) fuqaro S.M.dan (1965 y.t.) F.I. nomiga issiqxona quriş uçun yer maydonini dehqon xujaligi şaklida egalik qiliş huquqini beradigan tuman hokimining qarorini çiqartirib beriş evaziga 100 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dallilar bilan uşlangan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi jamoatçilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bölimi boşliği Hayot Şamsuddinov xabar qildi.
Şundan söng, tadbir davom ettirilib, şu kuni tuman hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari M.S. (1966 y.t.) xizmat xonasida mutaxassis B.A.dan 100 AQŞ dollarini pora tariqasida olgan vaqtida aşyoviy dallilar bilan uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan Departamentning Şahrisabz tumani bölimi tomonidan JKning 210 va 212-moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
B.A. hamda M.S. protsessual tartibda uşlangan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.









