Yunusobod hokimining örinbosari pora bilan qölga tuşdi

Yunusobod hokimining örinbosari pora bilan qölga tuşdi

Toşkent şahar Yunusobod tumani hokimining quriliş işlari böyiça örinbosari E.Z. qölga olindi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi jamoatçilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bölimi boşliği Hayot Şamsutdinov xabar berdi.

Qayd etilişiça, huquqni muhofaza qiluvçi organlari xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda Yunusobod tumani hokimining quriliş işlari böyiça örinbosari E.Z. fuqaro R.M.dan özboşimçalik bilan qurilgan imoratga egalik huquqini eʼtirof etiş böyiça tuman hokimining qarorini çiqarib beriş evaziga 5 000 AQŞ dollarini pora tariqasida olgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 11 oktyabr kuni Boş prokuratura huzuridagi Departament tomonidan E.Z.ga nisbatan JK 210-moddasi (Pora oliş) 2-qismi "v" bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Qayd etilişiça, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Maʼlumot uçun: E. Z. şu yilning boşida Yunusobod tuman hokimining arxitektura, kapital quriliş va kommunikatsiyalarni rivojlantiriş böyiça örinbosari lavozimiga tayinlangan.

U uzoq yil "Özuyjoyjamğarmabank" banki tizimida rahbar lavozimlarida işlagan, "Makon Kapital Invest" masʼuliyati çeklangan jamiyati taʼsisçisi va moliya masalalari böyiça maslahatçisi ham bölgan.

Manba: Qalapir.uz

×