Andijon viloyati hokimining tört oy avval tayinlangan örinbosari Isomiddin Ismanov öz uyida 50 ming AQŞ dollari miqdorida pora olayotganda qölga olindi.
Qayd etilişiça, 4 aprel kuni ötkazilgan tezkor tadbirida Andijon viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar böyiça örinbosari fuqaro S.R.T. dan kimyoviy işlov berilgan 50 ming AQŞ dollari miqdoridagi pul mablağlarini Andijon şahar “Dalvarzin” MFY, Farovon köçasidagi özining yaşaş uyida olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan 5 aprel kuni Ismanovga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi va 28, 211-moddasi (pora beriş) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Ismanov ötgan yilning 9 dekabrda öz lavozimiga tayinlangan, yaʼni işga ötganiga hali 4 oy ham bölmagan.
Maʼlumot uçun, Isomiddin Ismanov 1981 yilda Andijon tumanida tuğilgan. 2006 yilda Içki işlar vazirligining Toşkent oliy harbiy texnika bilim yurtini tamomlagan. U 2022–2025 yillarda Andijon viloyati IIB boşliğining örinbosari – Jamoat xavfsizligi xizmati boşliği, 2025 yil may oyidan Özbekiston Respublikasi IIV Tezkor-qidiruv departamenti, tezkor vaziyatni tahlil qiliş boşqarmasi boşliği lavozimida işlab, 2025 yil dekabr oyida kadrlarning amaldagi zaxirasiga ötkazilib, Andijon viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari böyiça örinbosari lavozimiga tayinlangan.









