Boş prokuratura matbuot xizmatining maʼlum qilişiça, joriy yilning ötgan davrida respublika böyiça 13 130 ta holatda 1 827 gektar yer maydonlari özboşimçalik bilan egallanganligi, 8 138 ta holatda 1 082 gektar yer maydoniga noqonuniy qurilişlar qilinganligi aniqlangan.
Xususan, prokuratura va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda, 2019 yil 17 dekabr kuni Zangiota tuman hokimligi umumiy bölim mudiri A.T. va “M.G.S.” MÇJ rahbari M.S. lar özaro jinoiy til biriktirgan. Ular jamiyatga tegişli bölgan Zangiota tumani, “Qatortol” qişloği, “Navröz” massividagi 2,7 gektar yer maydonining 0,3 gektarini noqonuniy ravişda, firibgarlik yöli bilan fuqaro S.X.ga har bir sotixini 4 mingdan jami 120 ming AQŞ dollariga sotayotgan vaqtida jinoyat ustida uşlanişgan.
Mazkur holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov harakatlari ötkazilmoqda.









