DXX va Boş prokuratura huzuridagi departament xodimlari Namangan viloyatida ötkazgan tezkor tadbirda Kosonsoy tumani hokimining örinbosari qölga olindi.
Xabarga köra, hokim örinbosari öz mavqeidan foydalanib, mahalliy tadbirkorga bosim ötkazgan. Hokimiyat tadbirkorga ijaraga bergan yerni boşqa odamga olib beraman deb tahdid qilgan. Amaldor öz uyiga 20 kVt quvvatli quyoş panellarini örnatib bersa, tadbirkorni tinç qöyişini aytgan.
Örinbosar quyoş panellarini sotib oliş va örnatiş xarajatlari uçun 65 million söm pulni öz xizmat maşinasida olayotgan paytida uşlandi.
Uşbu holat böyiça mansabdorga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora oliş) bilan jinoyat işi oçildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.









