Boş prokuratura «MY5»da namoyiş etilgan yana bir videolavhasi yuzasidan bayonot berdi

Boş prokuratura «MY5»da namoyiş etilgan yana bir videolavhasi yuzasidan bayonot berdi

“MY5“ telekanalida “Surxondaryo viloyati Boysun tumanida 18 yoşli yigitning ölimi sabablari hamon oçiqligiça qolmoqdami?” mavzusida lavha uzatilib, unda yoş yigitning vafoti yuzasidan huquqni muhofaza qiluvçi organlar sukutda ekaniga urğu berilgandi.

Mazkur lavha namoyişi ijtimoiy tarmoqlarda ham bir-bir ulanib ketdi. Bahs-muhokamalar ham şunga yaraşa bölayotir.

Ayni holatlardan kelib çiqib, "Xabar.uz" Boş prokuratura bilan boğlandi.

Mahkama matbuot xizmati rahbari Hayot Şamsutdinov avvaliga voqelikka oydinlik kiritdi:

"2019 yil 24 sentyabr kuni soat taxminan 21:00 larda Boysun tumani “Gaza” mahallasida yaşagan fuqaro Akobir X. yaşaş uyi molxonasi ustuniga özini osib, joniga qasd qilgani oqibatida hodisa joyida vafot etgan..."

Voqelarning keyingi rivoji quyidagiça davom etadi: "...Mazkur holat yuzasidan Boysun tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiriş harakatlari olib borilgan.
Aniqlanişiça, fuqaro Mamaşarif E. kollej maʼmuriyatiga murojaat qilib, 23 sentyabr kuni darsdan qaytayotgan qiziga toş otgan öquvçi Akobir X.ga qonuniy çora körişini talab qilgan. Uning talabidan kelib çiqib, kollej direktori Akobir X.ning otasi va “Gaza” mahalla fuqarolar yiğini xodimlari bilan boğlanib, voqelikni muhokama qiliş uçun ularni mazkur öquv dargohiga kelişini söraydi.

Şu tariqa kollej binosida mahalla kotibi, hudud profilaktika inspektori, profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlaş böyiça yordamçisi, Akobir X.ning akasi va bobosi hamda taraflar iştirokida holat muhokama etilib, tuşuntiriş işlari olib borilgan.

Mamaşarif E. kollej rahbariyatidan taşqari tuman IIBga ham ariza bilan murojaat etib, Akobir X.ga nisbatan qonuniy çora körişni söraydi. Ariza yuzasidan ötkazilgan tekşiriş natijalariga köra, Akobir X.ning harakatlarida MJtKning 52-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari aniqlanadi. Biroq töplangan hujjatlar sudga yetib bormaydi. Çunki, bu muddat oraliğida, yuqorida aytilanidek, Akobir X. öz joniga qasd qilib bölgan edi...

Hozirda marhumning qarindoşlari kollejda bölib ötgan muhokama davomida direktor va boşqalar Akobir X.ni urib, tan jarohati yetkazgani, haqorat qilib, kamsitgani uning ölimiga sabab bölgan, deb hisoblaşmoqda.

Boysun tuman prokuraturasi tomonindan uşbu holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilib, natijasiga köra, marhumning vafotiga biror-bir şaxs sababçi bölmagani bois 24 oktyabrda JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat işi qözğatişni rad qiliş haqida qaror qabul qilingan.

Şuningdek, ayni jarayonda hudud profilaktika inspektoriga nisbatan xizmat tekşiruvi ham tayinlangan.

Voqelik böyiça huquqni muhofaza qiluvçi organlar tegişli protsessual harakatlarni amalga oşirib, natijasiga köra qaror qabul qilingan.

«Qöşimça sifatida şuni aytiş kerakki, inson vafoti bilan boğliq har qanday holat favqulodda voqelik sifatida qabul qilinadi va jiddiy örganiladi. Bu jarayonda "sukut saqlamoqda" qabilidagi gaplarga mutlaqo örin yöq», deyiladi xabarda.

Jinoyat kodeksida şaxsni özini özi öldiriş darajasiga yetkazişga sababçi bölganlik uçun jazo çorasi belgilangan (103-modda). Buning uçun aybdor "şaxsni qörqitgani, unga rahmsiz muomala bölib yoki uning şaʼni va qadr-qimmatini muttasil ravişda kamsitib" kelgani inkor etib bölmas dalillar bilan isbotlanişi kerak. Bayon etilgan holatda esa marhumga nisbatan kollej maʼmuriyati, profilaktika inspektori va boşqalar tomonidan rahmsiz, qöpol va ayovsiz munosabatda bölib, unga jismoniy va ruhiy azob yetkaziş holatlari aniqlanmagan.

×