Rasman! IIV Qoraqalpoğistondagi namoyişlar yuzasidan bayonot berdi

Rasman! IIV Qoraqalpoğistondagi namoyişlar yuzasidan bayonot berdi

1 iyul kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi Nukus şahrida ayrim fuqarolar kutilmaganda köça yurişlarini taşkil qilib, Nukusning Markaziy dehqon bozorida töplanib, namoyişlar uyuştirdi. Holat yuzasidan Içki işlar vazirligi Matbuot xizmati izoh berdi.

Qayd etilişiça, voqea soat taxminan 15.00 lardan boşlangan. Namoyişlarga sabab ayrim fuqarolar Özbekiston Respublikasida amalga oşirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarni notöğri talqin qilişlari bölgan. Şu sabab odamlar Markaziy dehqon bozorida töplanib, namoyişlar uyuştirgan.

Mazkur holat yuzasidan, jamoat tartibini buzilişini oldini oliş hamda fuqarolar tomonidan turli tartibbuzarliklarni sodir etişlariga yöl qöymaslik maqsadida, dehqon bozori hududiga huquqni muhofaza qiliş organlarining kuç va vositalari jalb etilgan.

Xabarga köra, hozirda jamoat tartibi tiklanib, fuqarolarning qonunbuzarlik holatlariga yöl qöymasliklari va barça murojaatlari örnatilgan tartibda körib çiqilişi böyiça tuşuntiriş işlari olib borilmoqda.

×