Boş prokuratura kanaldan jasadi topilgan ösmir böyiça bayonot berdi

Boş prokuratura kanaldan jasadi topilgan ösmir böyiça bayonot berdi

Keçadan buyon ijtimoiy tarmoqlarda Qaşqadaryoda 15 yoşli bolaning jasadi kanaldan topilgani, maktab öquvçisi bölgan bu yigit öqituvçilar tomonidan kamsitilganiga çiday olmay, öz joniga qasd qilgani mazmunida xabarlar keng muhokama qilinmoqda.

Holatga oydinlik kiritişni sörab, Boş prokuratura bilan boğlandik.

Mahkama matbuot xizmati rahbari Hayot Şamsutdinov Qarşi tumanidagi 7-maktab öquvçisi öz joniga qasd qilganini tasdiqladi. Unga köra, 2019 yilning 19 oktyabr kuni Qarşi tumani, «Xoniyon» MFYda istiqomat qilgan Rahim A. (2004 y.t.) «Qarşi Boş kanali»ning «Daşt» qişloğidan oqib ötuvçi qismidagi köprikdan suvga sakrab öz joniga qasd qilgan.

Holat yuzasidan Qarşi tumandagi 7-sonli umumiy örta taʼlim maktab direktori hamda öquvçilardan tuşuntiriş xatlari olingan.

Dastlabki maʼlumotlarga köra, öquvçi Rahim A.ning mobil telefonida uyatsiz videolar yozilganligi sababli sinf rahbari tomonidan onasi maktabga çaqirtirilgan. Onasi maktabga kelib, öğliga tanbeh berganidan söng bola maktabdan yugurib çiqib kanal tomonga ketgan. Uning orqasidan borişgan sinfdoşlari uzoqdan Rahim A. özini kanalga taşlaganini körişgan.

Maktabda öqituvçilar tomonidan urib, haqorat qilgan holati aniqlanmagan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Qarşi tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tekşiriş davomida viloyat xalq taʼlimi boşqarmasi, Yoşlar ittifoqi viloyat Kengaşi, Qarşi tumani IIB, voyaga yetmaganlar böyiça idoralararo komissiya va fuqarolarni özini-özi boşqariş organlariga xizmat tekşiruvlari tayinlangan.

×