1 oktyabr, seşanba kuni Farğona viloyatida xonadonga öğrilikka tuşgan ikki jinoiy şerik xonadon egalari tomonidan «samosud» qilingan. Bu haqda Özbekiston Boş prokuraturasi bayonot berdi.
Maʼlum qilinişiça, 2019 yil 1 oktyabr kuni soat 06:30 da 1991 yilda tuğilgan Ahmadjon N. öz tanişi 1968 yilda tuğilgan Avaz bilan uçraşib, oldindan jinoiy til biriktirgan holda fuqaro Alijon T.ga tegişli bölgan xonadonga yuzlariga niqob taqib kirgan.
Ular maxsus temir seyflarni oçişga möljallangan qölbola usulda tayyorlangan temir moslama bilan qurollangan. Uyga yaşirin ravişda kirgaç, u yerda bölgan temir seyfning eşigini qayirib oçib, seyf içida bölgan 12,5 million söm pullarni qölga kiritgan. Ikki şerik pullarni xona içida bölgan yostiq jildga solib, xonadon hovlisini öragan devor orqali çiqib ketayotgan vaqtida, Alijon T.ning turmuş örtoği Odina T. ularni körib qolgan. Ayol baland ovozda baqirib, qöşnilaridan yordam söragan.
Ahmadjon N. va uning jinoiy şerigi xonadon devoridan oşib, köçaga tuşib qoçib ketgan.
Odina T.ning yordam sörab baqirgan ovozini uning qöşnilari eşitib, xonadonga kirgan Ahmadjon N. va Avaz X.ni uşlaş uçun boşqa qöni-qöşnilari bilan birga ularni ortidan quvgan. Qöşnilar jinoiy şeriklarni Oltiquş qişloğida joylaşgan «Sultonboy» boğdorçilik fermer xöjaligi yer maydoni hududida uşlab olgan va «Mastona» bozorida ehtiyot qismlar savdosi bilan şuğullanib turgan Alijon T.ga bu haqida xabar bergan.
Alijon T. xonadonida öğirlik sodir etilganligi va jinoyatni sodir etgan şaxslar qölga tuşganligini bilib, zudlik bilan «Sultonboy» boğdorçilik fermer xöjaligi yer maydoniga qarindoşi bilan birgalikda yetib kelgan. Uning qarindoşi jinoyatni sodir etgan Avaz X.ni yuziga urib, özlari bilan olib kelgan arqon yordamida uning böynidan boğlab, öşa joydagi terak daraxtiga boğlab qöygan.
Ahmadjon N.ni esa öşa yerga töplangan mahalla fuqarolari urib, uşbu holatni videoga olgan. Mazkur videotasvirlar Telegram’dagi turli kanallar orqali tarqatib yuborilgan.
Ötkazilgan tergov harakatlari davomida Ahmadjon N. va uning jinoiy şerigi Avaz X. tomonidan yaşirin ravişda öğirlangan 12,5 million söm pul, mazkur pul solingan bir dona yostiq jildi, bir dona niqob, bir dona temir seyfni oçişda foydalanilgan qölbola temir moslama aşyoviy dalil tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan 1 oktyabr kuni Danğara tumani IIB Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi «v», «g» bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Gumonlanuvçi Ahmadjon N. va Avaz X. olgan tan jarohatlari yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza körigidan ötkazilgan.
Ular öz körsatmalarida Alijon T.ning xonadonida sodir etgan öğirlik holatiga töliq iqror bölgan va sodir etgan qilmişidan puşaymonligini, ularga tan jarohati yetkazgan şaxslarga nisbatan heç qanday daʼvolari yöqligini, bu holat özlarining ayblari bilan sodir bölganligini bildirgan.
Gumonlanuvçi Avaz X. muqaddam ikki marotaba sudlanganligini hisobga olgan holda protsessual tartibida uşlangan va unga Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan ayblov eʼlon qilinib, qamoq ehtiyot çorasi qöllanilgan.
Hozirda jinoyat işi böyiça tergov harakatlari davom ettirilib, gumonlanuvçi Ahmadjon N. va Avaz X.ga tan jarohati yetkazgan şaxslarni aniqlaş va ularning harakatlariga qonuniy baho beriş çoralari körilmoqda.









