Endi qarzdorlik plastik kartoçkadan sözsiz yeçib olinadimi? MIB masʼuli izoh berdi

Endi qarzdorlik plastik kartoçkadan sözsiz yeçib olinadimi? MIB masʼuli izoh berdi

Joriy yilning 24 oktyabr kuni «regulation.gov.uz» saytida Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etiş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni loyihasi muhokamaga qöyildi. Uşbu huquqiy hujjat turliça fikrlarni yuzaga keltirmoqda va bu tabiiy. Zero, muhokamaga qöyilişidan pirovard maqsad ham şu.

Mazkur Farmonga asosan soddalaştirilgan majburiy ijro instituti joriy etilişi taklif etilmoqda.

  • Xöş, soddalaştirilgan majburiy ijro harakati nima?
  • U qanday amalga oşiriladi?
  • Taklif etilayotgan bunday amaliyot turi qanday ijro hujjatlariga nisbatan tadbiq etiladi?    
  • Ijroning mazkur turiga ehtiyoj tuğdirgan sabablar nima?

Şu va şu kabi savollar bilan Boş prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati boşliği, adliya maslahatçisi Farruh Toşpölatovga yuzlandik.

Javoblar quyidagiça böldi:

– Avvalo, taʼkidlaş şart: loyihada taklif etilayotgan soddalaştirilgan tartib böyiça majburiy ijro harakatlari barça turdagi ijro hujjatlariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Balki bu tartib sudlar va boşqa vakolatli organlarning jismoniy şaxslardan maʼmuriy jarima, soliq qarzi va davlat boji undiriş haqidagi ijro hujjatlari böyiça amal qiladi, xolos. Bunda davlat ijroçisi qarzdor bilan muloqotga kirişmaydi, undiruvni uning mol-mulkiga ham qaratmaydi. Bu jarayonda ijro harakatlari masofaviy amalga oşiriladi. Yaʼni, qarzdorlik (qarzdorning) hisob-raqami va plastik kartoçkasidan yeçib olinadi. Şu örinda, alohida eʼtibor qaratiş lozimki, davlat ijroçisi qarzdorning hisob-raqami yoki plastik kartoçkasidagi mablağni boriça yeçib oliş çoralarini körmaydi. Yaʼni, mehnatga haq tölaşning («mehnatga haq tölaşning» deyilmoqda, «eng kam iş haqining» emas) eng kam miqdoridan köp bölmagan hollarda esa (hozirda 635 ming sömgaça) qarzdorlikni iş haqiga qaratiş orqali undiriş yöli bilan amalga oşiriladi.

Şu örinda alohida taʼkidlaş şartki, mazkur tartib kommunal tölovlarni amalga oşirişga mutlaqo tegişli emas (sudning qarori bölmasa), yaʼni odatiy kommunal tölovlarni undiriş jarayoniga tatbiq etilmaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda esa kommunal tölovlardan qarzdorlik plastik kartoçkadan sözsiz yeçib olinar ekan, deya notöğri talqinlar qilinmoqda. Bundan talqinlar haqatdan yiroqdir.

Bunday çoralar natija bermasa-çi?

U holda ijro harakatlari umumiy belgilangan tartibda amalga oşiriladi.

Bugungi kunda Byuro davlat ijroçilarining iş hajmi mavjud normativlardan 16 baravar yuqori, iş yurituvidagi ijro hujjatlarining qariyb 60 foizini esa yuqorida qayd etilgan 3 ta toifadagi ijro hujjatlari taşkil etadi. Odatda bu kabi ijro işlari murakkab ijro harakatlarini talab qilmaydi.

Uşbu mexanizm yölga qöyilsa, davlat ijroçilarining iş hajmi optimallaştiriladi va ijro samaradorligi ortadi.

Ikkinçidan, Byuro xodimlari va qarzdorlar örtasida keskinlikka barham berilişi hamda qarşilik qiliş holatlari kamayişining ehtimoli juda yuqori. Bundan taşqari, davlat ijroçilarining asosiy işi murakkab ijro hujjatlarini ijro etişga qaratilsa, yana bir muhim holat – davlat byudjetiga tuşumlar miqdori oşadi. Uşbu omillardan kelib çiqib, Toşkent şahrida 2 ta, Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda bittadan Byuroning tumanlararo bölimlarini taşkil qiliş va uşbu bölimlarga ijro hujjatlarini soddalaştirilgan tartibda ijro etiş funktsiyasini yuklaş nazarda tutilmoqda.

Şuningdek, aliment majburiyatlari böyiça yagona bank hisob raqamini joriy etiş hamda aliment majburiyatlari bajarilişini masofaviy monitoring qiliş böyiça tizim yaratiş taklif etilmoqda.

Taklif etilayotgan tartibga köra, aliment undiriş töğrisidagi har bir ijro hujjati böyiça yagona hisob-raqamda alohida subhisob-raqamlar oçiladi. Uşbu subhisob-raqamlarda aliment böyiça mablağlarning harakati amalga oşiriladi. Barça aliment tölovlari, şu jumladan, iş haqidan uşlanmalar yagona hisob raqam orqali amalga oşiriladi. Şuningdek, undiruvçilar aliment pullarini tegişli subhisob-raqamlardan çeklovlarsiz oliş imkoniga ega böladi. Ayni paytda aliment tölovlar böyiça pul mablağlari harakati Byuroda yaratilgan va yagona hisob raqamga integratsiya qilingan maxsus dasturiy taʼminotda onlayn rejimda monitoring qilib boriladi. Bunda, aliment majburiyatlari qay darajada bajarilayotganligini davlat ijroçisi tomonidan, mobil ilova orqali undiruvçi va qarzdor tomonidan monitoring qilib boriş imkoniyati yaratiladi.

Nega aynan aliment undiruviga alohida eʼtibor qaratilmoqda?

Aliment masalasiga oid murojaatlar Özbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi va Virtual qabulxonasiga eng köp kelib tuşayotgan murojaatlar böyiça 3-örinni egallamoqda.

Byuroga kelib tuşayotgan ijro masalasiga oid murojaatlarning qariyb 60 foizidan ortiğini aliment masalalari taşkil etadi.

Aliment undiriş töğrisidagi ijro hujjatlari respublikada har bir ijroçiga örtaça 100 tadan köproq ijro hujjatlarini taşkil etadi. Bunday ijro hujjatlari bir yoki ikkita harakat bilan yakuniga yetmaydi, balki farzandlar voyaga yetgunga qadar har oyda ijro etilişi lozim. Ayni paytda, ijro iş yurituvida boşqa toifadagi ijro hujjatlari ham mavjudligi sababli, davlat ijroçisi har oyda 100 ta aliment undiruviga oid ijro hujjatini amalga oşiriş yoki nazorat qiliş imkoniyatiga ega emas. Bunga jismonan ulgurib bölmaydi.

Taklif etilayotgan yangi tartib esa aliment undiruviga oid ijro hujjatlari samaradorligini oşirişga xizmat qiladi.

Bundan taşqari, loyihada maʼmuriy jarima qöllaş töğrisida ijro hujjatlari Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 332-modddasida nazarda tutilgan jarimani ixtiyoriy tölaş uçun muddatlar tugagandan söng majburiy undiriş uçun Byuro organlariga taqdim etilişi, şuningdek soddalaştirilgan tartibda ixtiyoriy jarimani (jarima summasining 70% foizini va uni tölaş muddatlarini körsatgan holda) tölaş imkoniyati töğrisida huquqbuzarni xabardor qilgan holda huquqbuzarga maʼmuriy jarima qöllaş töğrisida qarorning topşirilganligini asoslovçi hujjat majburiy tartibda ilova qilinişi taklif etilmoqda.

Mavjud amaliyot tahlili şuni körsatdiki, maʼmuriy jarimalar ixtiyoriy tölanmasligiga maʼmuriy jarima qöllagan organlar MJtK talablariga rioya etmayotganligi ham sabab bölmoqda. Jumladan, davlat ijroçilari majburiy ijro çoralarini qöllaş jarayonida aksariyat hollarda qarzdor unga nisbatan jarima solinganidan xabarsiz ekanligi aniqlanmoqda. Bu holat aholining asosli eʼtirozlariga sabab bölmoqda.

Uşbu mexanizm yölga qöyilsa, maʼmuriy jarima undiriş töğrisidagi qarorlarni Byuro organlariga yuborişda MJtK normalariga qatiy rioya etilişi taʼminlanadi. Yana maʼmuriy jarimalarni ixtiyoriy tölaş körsatkiçlari ortadi. Bu esa davlat ijroçilari va fuqarolar örtasida ziddiyatlar va asossiz noroziliklar kamayişiga olib kelişi aniq.

Yuqoridagi bayonlar loyihaning asosiy mazmunini taşkil etadi. Loyiha esa muhokama etilişi, bildirilayotgan asosli taklif va mulohazalar eʼtiborga olingan holda yanada takomillaştirilişi mumkin.

×