Endi Özbekistonda banklar plastik kartadan avtomotik tarzda pul yeçib olişi uçun kartada kamida 1 236 000 söm qolişi kerak. Yangi tartib joriy yilning 15 aprelidan boşlab kuçga kirgan. Bu haqda “Axborot” dasturida xabar berildi.
Unga köra, karta hisob varaqlarida minimal kamaytirilmaydigan qoldiq belgilandi. Bu qoldiq miqdori bazaviy hisoblaş miqdorining 3 baravariga teng bölib, hozirgi hisob-kitobga böyiça 1 mln 236 ming sömni taşkil etadi. Yangi tartibning asosiy mazmuni şundaki, mijozlar kartasidan mablağ yeçib oliş yoki boşqa moliyaviy operatsiyalarni amalga oşirganda uşbu belgilangan minimal summa hisobda doim saqlanib qoladi. Yaʼni, karta balansi endi töliq nolga tuşirilmaydi, unda har qanday holatda ham kamida 1 236 000 söm qoladi.









