Ijtimoiy tarmoq va ayrim OAVlarda çet elda işlovçi muhojirlar ham soliqqa tortilişi mumkinligi böyiça xabarlar tarqaldi. Davlat soliq qömitasi şu masala yuzasidan tuşuntiriş berdi.
«Prezidentimizning PQ-4829-sonli qaroriga muvofiq 2021 yil 1 yanvardan boşlab xorijda mehnat faoliyatini amalga oşirayotganlar özini özi band qilgan şaxslarga tenglaştirilgani sababli, internet tarmoqlarida mehnat muhojirlari uçun soliq joriy etilayotganligi töğrisida notöğri maʼlumotlar tarqalmoqda.
Soliq kodeksining 369-moddasiga muvofiq özini özi band qilgan şaxslar jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliğidan ozod etiladi.
Özini özi band qilgan şaxslar öziga pensiya hisoblanişi va iş stajiga ega bölişi uçun Pensiya jamğarmasiga ixtiyoriy ravişda ijtimoiy soliq tölaşi mumkin, bu 2020 yil uçun eng kamida BHMning 50 foizi miqdorida belgilangan, hozirgi vaqtda 111 500 sömni taşkil etadi» - deyiladi bayonotda.
Şu bilan birga, agar çet elda vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan fuqarolar Özbekistonda pensiya va iş stajiga ehtiyoj sezmasa, unda Pensiya jamğarmasiga ijtimoiy soliq tölaşning hojati yöq.









