«Uyini sotmasin, öşa pulni men beraman»

«Uyini sotmasin, öşa pulni men beraman»

Tobeinlar zamonida Abu Jahm degan kişi bölgan. U Said ibn Musayyib rahimahullohga qöşni edi. Said ibn Musayyib rahimahulloh Madinadagi tobeinlarning olimlaridan bölganlar.

Bir kuni Abu Jahm uyini sotmoqçi böldi va uni yuz ming dirhamga sotdi. Keyin uyini sotib olganlarga “Said ibn Musayyibning qöşni bölgani uçun yana qança tölaysizlar?” dedi. Ular hayron bölib “Heç zamonda qöşniçilik ham sotib olinadimi?!” deyişdi. Buni eşitgan Abu Jahm ularga “Hovlimni qaytarib berib, pullaringizni olinglar! Allohga qasamki, uyda ötirib qolsam, ahvolimni söraydigan, meni körsa, xursand böladigan, uyda yöq bölsam, uyimni muhofaza qiladigan, agar hozir bölsam, menga yaqin böladigan, agar biror narsa sörasam, hojatimni ravo qiladigan, agar heç narsa söramasam, özi menga yaxşilik qiladigan, agar menga bir musibat yetsa, oğirimni yengil qiladigan kişining qöşniçiligini hargiz tark qilmayman” dedi.

Bu gap Said ibn Musayyib rahimahullohga yetdi. U kişiga “Siz haqingizda qöşningiz şunday-şunday gaplarni gapirdi” deyildi. Şunda Saʼid ibn Musayyib rahimahulloh qöşnilariga yuz ming dirham yubordilar va unga “Hovlingni özingda qoldir!” dedilar.

Manba: Islom.uz

×