Namanganda 45 mln qalbaki pulni 18 mln sömga sotgan şaxs uşlandi

Namanganda 45 mln qalbaki pulni 18 mln sömga sotgan şaxs uşlandi

Namangan viloyatida 45 mln söm qalbaki pullarni 18 mln sömga sotgan şaxs uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.

Maʼlum bölişiça, ötkazilgan tezkor tadbirda muqaddam Jinoyat kodeksining 176-moddasi bilan sudlangan şaxs 100 va 200 ming sömlik kupyuradagi jami 45 mln söm qalbaki pullarni fuqaro M.X. ismli şaxsga 18 mln sömga sotayotgan paytida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aktsiz markasi yoki qimmatli qoğozlar yasaş, ularni ötkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari boşlangan. 


Teglar:
×