Namangangada 51,5 mln söm qalbaki pulni sotayotganlar qölga tuşdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş yönalişida Davlat xavfsizlik xizmatining Jizzax va Namangan viloyatlari böyiça boşqarmalari hamda Bojxona organlari hamkorligida Namangan şahrida ötkazilgan tezkor tadbirda qalbaki 20 ming, 50 ming, 100 ming va 200 ming söm nominaldagi banknotlarni tayyorlab, sotiş holati foş etilgan.
Tadbir davomida Pop tumanida yaşovçi, 1989 yilda tuğilgan va Izboskan tumanida istiqomat qiluvçi, 1999 yilda tuğilgan 2 nafar şaxs jami 37,4 mln söm qalbaki pulni şartli xaridorga 7,5 mln sömga sotgan vaqtlarida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Şuningdek, ularni şaxsiy tintuv qiliş jarayonida hamda boşqaruvida bölgan Lacetti rusumli avtomaşina salonida ham qalbaki 6,4 mln söm borligi maʼlum bölgan.
Tezkor tadbir davom ettirilib, izboskanlik fuqaroning yaşaş xonadoni közdan keçirilganda, uşbu manzildan qalbaki 7,7 mln söm, 145 dona oq qoğozga çop etilgan turli xil kupyuralar, kompyuter, rangli printer va boşqa aşyolar protsessual tartibda rasmiylaştirib olindi.
Holat yuzasidan mazkur şaxslarga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari doirasida ularning jinoiy aloqalarini aniqlaş böyiça çoralar körilmoqda.









