Farğona viloyatida salkam 685 mln. söm pulni noqonuniy ravişda egallab, talon-taroj qilib, öz ehtiyojlariga işlatib yuborgan 7 ta xakerga nisbatan sud hukmi eʼlon qilindi.
Voqea 2020 yil dekabrda boşlangan. "Zamon" dasturiga köra, Usmonov va Obidov bank tizimiga ruxsatsiz kirib, pul ömarişga kirişgan. Ularning bunday yöl tutişiga "Humo" plastik kartasidagi nosozlik turtki bölgan.
Ular dastlab bank hisobraqamidan bitta plastik kartaga 104 mln. söm, yana boşqa kartaga 16,7 mln., jami 121 mln. sömdan ortiq pulni ötkazişgan.
Şuningdek, Usmonov jinoiy işini davom ettirib, bir neça kundan keyin yana 4 kişini bu işga jalb qilgan. Ular bir neça plastik kartalarga jami 564,9 mln. sömni bank hisobraqamidan öğrinça ötkazişgan va şaxsiy ehtiyojlariga işlatib yuborgan.
Toşloq tumani sudida ayblanuvçilarning işi körib çiqildi. Ular Jinoyat kodeksining 169-moddasiga binoan aybdor deb topildi va sud hukmi eʼlon qilindi. Hukmga köra, ularning 4 nafariga 5 yildan ortiq muddatga, bittasi 3 yildan ortiq ozodlikdan mahrum qilingan. Ikki nafariga davlat hisobiga oylik maoş tölaş şarti bilan axloq tuzatiş kaloniyalariga hukm qilingan.









