"Agrobank" Töraqörğon tumani filiali bölim boşliği (1990 y.t.) 99,2 mln söm kredit mablağlarini issiqxona quriş maqsadida olib, talon-toroj qilgan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi jamoatçilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bölimi boşliği Hayot Şamsutdinov xabar bermoqda.
Xodim bu işni "Töraqörğon A.T." MÇJ rahbari (1981 y.t.) bilan birgalikda uşbu bankdan 4 fuqaroning nomiga kredit ajratiş yöli bilan amalga oşirgan.
Holat yuzasidan departamentning Töraqörğon tumani bölimi tomonidan JKning 167-moddasi 2-qismi "b, v" bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.









