AQŞ Prezidenti Donald Tramp iPhone`ning sönggi modellarini tanqid qildi. U özining Twitter`dagi sahifasida Apple rahbari Tim Kukka murojaat qoldirdi.
Qöşma Ştatlar Prezidenti iPhone`ning Home (uy) tugmasi bölgan modifikatsiyalari ançayin qulay bölganini taʼkidladi. “Timga: iPhone`dagi tugma svaypga qaraganda qulay edi”, degan Tramp.
Ötgan yilning may oyida Oq uy xöjayini ikkita iPhone işlatişi – biri qönğiroq qiliş va ikkinçisi yangiliklarni öqiş hamda Twitter`da post qoldiriş uçunligi maʼlum bölgandi.
Apple Home tugmasi bölmagan ilk smartfoni 2017 yilda namoyiş qilingan iPhone X edi. Apparatni Face ID yuz skaneri orqali blokdan çiqariş mumkin. Işlab çiqaruvçi iPhone 7, 7 Plus, 8 va 8 Plus modellarida avvalgi oddiy Home tugmasini sensorlisiga almaştirgandi. Sunnatilla Abdullayev









