Koronavirus böyiça tölovlardan şikoyat qilmoqçimisiz - manzillar röyxati

Koronavirus böyiça tölovlardan şikoyat qilmoqçimisiz - manzillar röyxati

Prokuratura organlari har bir xabar yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinişini taʼminlaşini va fuqarolardan vakolatli idoralar tomonidan tasdiqlanmagan turli asossiz xabarlarga tayanmaslikni sörab qolgan.

Özbekiston Boş prokuraturasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan Özbekiston hukumati tomonidan koronavirus pandemiyasi davrida aholiga ajratilgan moddiy yordam pullarini tarqatilişi jarayonida qonunbuzilişi holatlariga yöl qöyilayotgani aks etgan video va xabarlar borasida rasmiy bayonot eʼlon qildi.

Maʼlum bölişiça, Boş prokuratura tomonidan mazkur Farmon ijrosini tölaqonli taʼminlaş maqsadida maxsus ştab tuzilib, aniq tadbirlar belgilangan hamda hududiy prokurorlarga alohida topşiriqlar yuborilgan.

Prokuratura organlari tomonidan bu borada amalga oşirilayotgan işlar, şu jumladan belgilangan pul mablağlarining töliq va öz muddatida manzilli yetkazilişi alohida nazoratga olindi, qonunbuzilişi holatlari aniqlangan taqdirda qaʼtiy çoralar körilişi taʼminlanadi.

Agarda bunday holatlar kuzatilgan taqdirda fuqarolardan tegişli hudud prokuraturasiga murojaat qiliş söraladi.

Murojaat uçun telefonlar:

Andijon viloyat prokuraturasi – 74 227-1007

Buxoro viloyat prokuraturasi – 65 221-1007

Jizzax viloyat prokuraturasi – 72 226-1007

Qaşqadaryo viloyat prokuraturasi – 75 228-1007

Qoraqalpoğiston Respublikasi prokuraturasi – 61 222-1007

Navoiy viloyat prokuraturasi – 79 210-1007

Namangan viloyat prokuraturasi – 69 227-1007

Samarqand viloyat prokuraturasi – 66 231-1007

Sirdaryo viloyat prokuraturasi – 67 235-1007

Surxondaryo viloyat prokuraturasi – 76 223-1007

Toşkent şahar prokuraturasi – 71 202-1007

Toşkent viloyat prokuraturasi – 71 230-1007

Farğona viloyat prokuraturasi – 73 244-1007

Xorazm viloyat prokuraturasi – 62 226-1007

Prokuratura organlari har bir xabar yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinişini taʼminlaşini va fuqarolardan vakolatli idoralar tomonidan tasdiqlanmagan turli asossiz xabarlarga tayanmaslikni sörab qolgan.

Boş prokuratura aholi orasida yolğon, haqiqatga töğri kelmaydigan va vahima çiqarişga qaratilgan maʼlumotlar va materiallarni har qanday şaklda tarqatiş uçun jinoiy javobgarlik mavjudligini yana bir bor eslatib ötgan.

×