Qoraqalpoğiston IIVning maʼlumotiga köra, 7 iyun kuni Törtköl tumanida yaşovçi fuqaro O.S. içki işlar organlariga şikoyat bilan murojaat qilgan. Unda şikoyatçi Törtköl tumani Boğyop kanal yoqasida uning hamyoni va içida bölgan 2100 AQŞ dollari hamda 3 mln 500 ming söm pullari nomaʼlum şaxslar tomonidan öğirlab ketilganligini bayon qilgan.
Holat yuzasidan Törtköl tumani IIB tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi (öğirlik) bilan jinoyat işi qözğatilib, jinoyat sodir etişi mumkin bölgan şaxslarni aniqlaş işlari avj olgan.
Suriştiruv jarayonida jabrlanuvçining körsatmalari va tezkor-tergov tadbirlari jarayonida olingan maʼlumotlarda jiddiy tafovutlar mavjudligi sababli, fuqaro O.S.ning hayot tarzi örganilib, uni öğirlik haqida yolğon körsatmalar berganligi yuzaga çiqqan.
Keltirilgan dalil va isbotlarning taʼsiri ostida fuqaro O.S. jinoyat haqida yolğon maʼlumot berganligini tan olib, joriy yilning may-iyun oylari davomida öziga tegişli bölgan 2100 AQŞ dollari hamda 3 mln 500 ming söm pullarini qimor va tavakkalçilikka asoslangan «1Xvet» bukmeykerlik öyiniga tikib yutqizib qöyganligini bayon qilgan.
Hozirda fuqaro O.S.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi JKning 237-moddasi (yolğon xabar beriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.









