UzAutoMotors deputat Kuşerboyev ustidan şikoyat qildi

UzAutoMotors deputat Kuşerboyev ustidan şikoyat qildi

Sönggi vaqtlarda özaro bahslaşayotgan UzAutoMotors AJ va Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerboyev munozarasida buriliş yuz berdi.

UzAutoMotors Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining Odob komissiyasiga deputat Rasul Kuşerboyev ustidan şikoyat xati yubordi. Bu haqda Qonunçilik palatasi deputati Doniyor Ğaniyev maʼlum qildi.

“Şikoyatda iddao etilişiça Kuşerboyev kompaniya va uning faoliyati haqida asossiz fikrlar bildiriş orqali UzAutoMotors`ning “işçanlik obrösiga” putur yetkazganmiş (yöq obröga qanday putur yetkaziş mumkin hayronman)”, deydi Ğaniyev.

Keça, 10 avgust kuni Özbekiston Liberal-demokratik partiyasining Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi siyosiy fraktsiyasi yiğilişida uşbu şikoyat xati körib çiqilgan. Unda fraktsiyaning barça deputatlari bir ovozdan Kuşerboyevni qöllab-quvvatlaşgan. 

“Zero, “UzAutoMotors” AJ haqida Kuşerbayevning bildirilgan fikrlari qançalik haqiqatga yaqinligini unga bulgan xalqning munosabati körsatib turibdi”, deydi Doniyor Ğaniyev.

Deputat Ğaniyev monopol avtomobilsoz kompaniya yillar davomida davlatning hisobiga yaşagani, odamlarni kamsitgani yetmaganidek, endi botgan botqoğidan çiqişni istamasligini qoralagan.

“UzAutoMotors AJ esa yillar davomida davlatning önlab trillion sömlik imtiyoz va prefentsiyalaridan foydalangani, isteʼmolçilar huquqlarini doimiy kamsitib kelgani yetmaganidek, endi unga nisbatan xalqning, deputatlarning, jamoatçilikning tanqidlarini rad etib, özi tuşib olgan kölmakdan çiqişni istamasligi bu kompaniyaning qançalar yuzsiz ekanligini körsatib qöydi”, deya holatni izohlagan deputat.

Maʼlumki, Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi UzAutoMotors`ga nisbatan tekşiruv boşlagan. Ğaniyevning sözlariga köra, şu iş doirasidagi muhokamalar davomida kompaniyaning qinğirliklari foş bölgan.

“Qolaversa, bir neça kun avval Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasining UzAutoMotors AJ faoliyatiga oid tekşiruvi natijalari böyiça maxsus komissiyasi muhokama yiğilişida kompaniyaning bir qança kirdikorlari oşkor bölgan edi. Yiğilişda kötarilgan masalalar yakuniga köra kompaniya 2020 yilda avtomobil tannarxlarini şakllantirişda jami 1,1 trln sömdan köproq asossiz xarajatlar hisoblanganligi tekşiruv davomida aniqlangan. Bu esa örtaça hisoblaganda har bir avtomobil tannarxi kamida 4-5 mln sömgaça asossiz oşirilganini anglatadi”, deydi Doniyor Ğaniyev narxlardagi nohaqliklarga eʼtibor qaratib.

Şundan söng, deputat UzAutoMotors AJ Kuşerboyev ustidan şikoyat qilib, gapni aylantirgunça Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi tomonidan aniqlangan 1,1 trln.söm böyiça aniq faktlar asosida hisob bersa yaxşi bölarmidi, deya savolga tutgan.

“Kuşerboyev ham deputat, ham fuqaro sifatida özining konstitutsiyaviy huqularidan foydalangan holda öz fikrini bildirdi. UzAutoMotors AJ esa uning bu huquqlaridan foydalanganligini qoralamoqda. Bu esa muhtaram prezidentimiz rahbarligida olib borilayotgan siyosiy özgarişlar, xususan  mamlakatda söz erkinligini taʼminlaş, kuçli demokratik davlat quriş yölidagi islohotlarga ziddir”, deb deputat UzAutoMotors`ning harakatlarini qoralagan.

Sözi yakunida esa u ham UzAutoMotors`dan aytganlari uçun uzr ham söragan:

"PS: Agar bu gaplarim bilan men ham UzAutoMotors`ning “obrösiga putur yetkazib, ularning paxtadek yumşoq köngliga ozor bergan bölsam”, iltimos ovora bölib şikoyat yuborib yurişmasin. Özim oldindan uzr sörab qöya qolaman".

Eslatib ötamiz, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerboyev Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasining UzAutoMotors AJning narx belgilaşi böyiça boşlangan tekşiruvlarda kompaniya xatti-harakatlarida qonunbuziliş alomatlari aniqlangani haqida xabar bergandi.

Buning ortidan kompaniya deputatni populizmda ayblab, uning aytganlarini yolğon va safsataga tenglaştirdi. 

×