“iPhone 13” egalari puşti ekrandan şikoyat qilişmoqda

“iPhone 13” egalari puşti ekrandan şikoyat qilişmoqda

“iPhone 13” işlatayotgan köpçilik telefonning qotib qolişi va qayta yuklanişida namoyon böladigan puşti ekran asablariga tegayotganini yozib, ijtimoiy tarmoqlarda dardlaşganlar.

Bu holatda telefonini işlatolmay, ilojsiz qolmoqdalar. Boşqa telefonlarni işlatiş esa bu jihatdan osonligini bildirmoqdalar.

“Apple”ning mijozlarni qöllab-quvvatlaş rasmiy xizmati mazkur holatga “Bu telefon apparati bilan boğliq muammo emas. Tizimda nosozlik bölişi mumkin”, deb javob qaytardi. Foydalanuvçilarga telefon ilovalarini oxirgi versiyasi bilan yangilaş maslahat berildi.

Lekin mijozlar izohdan qoniqişmadi. Çunki iPhone 13 Pro va iPhone 13 Pro Max foydalanuvçilarida ham ayni muammo kuzatilmoqda. Aytişlariça, ilk bor ötgan yilning oktyabr oyida xarid qilganlarda ham xuddi şu nosozlikni payqaşgan.

×