Bolalarda ayb yöq

Bolalarda ayb yöq

“Özavtoyöl” qömitasi raisi Abdurahmon Abduvaliyevning “Yöl-transport hodisalari yöllarning torligidan emas, harakat notöğri taşkil etilgani oqibatida yuz bermoqda”, deb bildirgan fikrini eşitib, bir paytlar internet tarmoqlarida keng yoyilgan, özbekistonlik futbolçilarga bağişlangan “bolalarda ayb yöq”, degan qoçirim gap yodimga tuşdi.

Töğri-da, futbolçilarda ayb yöq, hamma gap trenerlarda, degandek, A.Abduvaliyevning gapidan ham yöl-transport hodisalarida yöl quruvçilarda ayb yöq, hamma ayb haydovçilarda degan maʼno kelib çiqayapti.

Ammo, hurmatli Abdurahmon Abduvaliyev, bu gapni aytişdan oldin özingiz boşçilik qilib kelayotgan qömita faoliyatida işlatilib kelinayotgan bir qator meʼyoriy hujjatlar talablarini közdan keçirsangiz, yaxşiroq bölardi. Agar yodingizdan kötarilgan bölsa, biz uni eslatib ötamiz.

“Özavtoyöl” DAKga qaraşli avtomobil yöllari ilmiy-tekşiriş instituti tomonidan kiritilgan va Özbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va quriliş qömitasining buyruği bilan tasdiqlangan “Avtomobil yöllari”ga oid şaharsozlik normalari va qoidalari 2.05.02-07ning 1.2-bandi talablariga asosan avtomobil yöllarining toifasi yölning belgilangan vazifasiga va kelajakdagi harakat miqdoriga, yaʼniki transport vositalarining harakat jadalligiga qarab qabul qilinişi belgilab qöyilgan. Jumladan, transport vositalarining harakat jadalligi 14000 avt/sutkadan yuqori bölsa, avtomobil yöli 1-toifaga mansub bölgan holda, kamida 4 ta harakatlaniş bölagiga ega bölişi lozim.

Bundan taşqari, Özbekiston Respublikasining “Avtomobil yöllari töğrisida”gi Qonunida umumiy foydalanişdagi avtomobil yöllari xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatga molik avtomobil yöllariga bölinişi, umumiy foydalanişdagi avtomobil yöllari maxsus vakolatli organ (bugungi kunda “Özavtoyöl” qömitasi) ixtiyorida bölişi, avtomobil yöllarini taʼmirlaş va saqlaş mazkur yöllar qaysi yuridik va jismoniy şaxslar ixtiyorida bölsa, öşa yuridik va jismoniy şaxslar tomonidan taʼminlanişi, yöl taşkilotlari avtomobil yöllarining soz holatda bölişini, ulardan transport vositalari mutaassil va xavfsiz ötişini taʼminlaşi şartligi belgilab qöyilgan.

Şu bilan birga, Özbekiston Respublikasining “Yöl harakati xavfsizligi töğrisida”gi Qonunida avtomobil yöllari quriş va foydalaniş taşkiloti öziga qaraşli avtomobil yöllarida transport vositalarining xavfsiz harakatlanişi uçun bu yöllarning soz holatda saqlanişini taʼminlaşi, avtomobil yöllarini yöl harakatini tartibga soliş vositalari bilan jihozlanişini amalga oşirişi hamda ularning saqlanişini taʼminlaşi, şuningdek avtomobil yöllarining harakatlaniş uçun xavfli uçastkalarini aniqlaşi va bu uçastkalarda yöl harakatini taşkil etişni takomillaştiriş böyiça çora-tadbirlarni körişi körsatib ötilgan.

Agar yuqoridagi Qonunlar va boşqa meʼyoriy hujjatlar talablariga amal qilinadigan bölsa, Namangan viloyati hududidan ötuvçi davlat ahamiyatiga molik va Namangan viloyati avtomobil yöllari hududiy boş boşqarmasi tasarrufida bölgan yölda bugungi kunda transport vositalarining harakat jadalligi 30000 avt/sutkadan oşib ketganligini inobatga oliş zarur. Bu degani, yölni 1-toifaga ötkaziş, kamida 4 ta harakatlaniş bölagiga ega bölgan yöl quriş, qarama-qarşi harakatlanuvçi transport vositalarining oqimini beton tösiqlar bilan ajratiş zarur, ayniqsa, uşbu yölning 0-75 kilometrlari oraliğini 1-toifaga ötkazib, kamida 4 ta harakatlaniş bölagiga ega yöl quriş, qarama-qarşi harakatlanuvçi transport vositalarining oqimini beton tösiqlar bilan ajratiş işlarini belgilangan tartibda dasturga kiritib, ijrosini taʼminlaş talab etiladi.

Özbekiston Respublikasi hududidagi avtomobil yöllarini Germaniya davlatidagi avtomobil yöllari bilan taqqoslaşni ham töğri emas deb hisoblayman. Çunki Germaniyada avtomobil yöllarini quriş va ularni saqlaşda transport vositalari haydovçilari tomonidan xatolikka yöl qöyilişi mumkinligini inobatga olib, uşbu xatolik oqibatlarini imkon darajasida kamaytirişga harakat qilinadi. Masalan, avtobanlarda va asosiy yöllarda qarama-qarşi transport oqimi sunʼiy ravişda, muhofazalovçi yöl tösiqlari yordamida ajratiladi. Qatnov qismining çetki qismida har qanday tösiqlar bölişiga imkon darajasida yöl qöyilmaydi. Buning imkoni bölmaganda bunday joylar xavfsizlik elementlari yaʼni uriliş oqibatlarini kamaytiruvçi vositlar yordamida xavfsiz holatga keltiriladi.

Şu bilan birga yölning holati va uşbu yölning atrofidagi obʼektlar töğrisida haydovçilarga yetarliça axborot beriladi. Yaʼniki yetarliça miqdorda yöl belgilari, yotiq çiziqlar va yöl körsatkiçlari örnatiladi.

Respublikamiz hududidagi umumiy foydalanişdagi avtomobil yöllarida aksariyat hollarda harakat iştirokçilari uçun axborotning kamligi, elementar xavfsizlik çoralari körilmaganligi, aksariyat avtomobil yöllarining holati talab darajasida emasligi harakat xavfsizligiga bevosita raxna solib baxtsiz hollarga olib kelmoqda.

Xullas şunaqa gaplar, hurmatli A.Abduvaliyev. Siz tomoningizdan “yöl-transport hodisalari yöllarning torligidan emas, harakat notöğri taşkil etilgani oqibatida yuz bermoqda” deb bildirgan fikrdan faqatgina siz emas, balki barça qömita xodimlari yöl sohasiga tegişli amaldagi qonunlar bilan özlariga yuklatilgan vazifalarni bajariş örniga aybdorlarni çetdan axtariş bilan maşhur bölayotganliklari ayon bölmoqda. Uzr, köp gapirib yubordik, aslida “bolalarda ayb yöq”.

Orifjon JÖRAYEV

×