Milliy gvardiya xodimlariga fuqarolarning avtomobillaridan majburiy tarzda foydalanişga ruxsat berildi

Milliy gvardiya xodimlariga fuqarolarning avtomobillaridan majburiy tarzda foydalanişga ruxsat berildi

Özbekiston Milliy gvardiyasi xodimlariga ayrim holatlarda fuqarolarning transport vositalaridan majburiy tarzda foydalanişga ruxsat berildi. Bu haqda hukumatning «Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari tomonidan davlat organlari, boşqa taşkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan majburiy tarzda foydalaniş natijasida yetkazilgan mulkiy zararning örnini qoplaş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida»gi qarorda söz boradi.

Qarorga köra, Milliy gvardiya harbiy xizmatçilari (xodimlari) şoşilinç tibbiy yordamga muhtoj fuqarolarni tibbiyot muassasalariga yetkaziş, jinoyatlar sodir etişda gumon qilinayotgan şaxslarni taʼqib qiliş va huquqni muhofaza qiluvçi organlarga olib boriş, hodisa joyiga yetib oliş uçun davlat organlarining, boşqa taşkilotlarning va fuqarolarning transport vositalaridan majburiy tartibda foydalanişi mumkin.

Milliy gvardiya organlari tomonidan transport vositasidan majburiy tarzda foydalanilganda, transport vositasining egasiga harbiy xizmatçi (xodim) öz identifikatsiyalovçi hujjatini berişi şart.

Transport vositasi egasi Milliy gvardiya organlari harbiy xizmatçisi (xodimi) tomonidan transport vositasidan foydalaniş uçun harbiy xizmatçi (xodim) identifikatsiyalovçi hujjatini taqdim etmagan taqdirda, harbiy xizmatçining (xodimning) talabini bajarmaslik huquqiga ega.

Quyidagi taşkilotlarning yoki fuqarolarning transport vositalaridan foydalanişga yöl qöyilmaydi:

  • xorijiy davlatlarning diplomatik, konsullik va boşqa vakolatxonalariga tegişli transport vositalari;xalqaro taşkilotlarga tegişli bölgan transport vositalari;
  • maxsus möljallangan va tovuş çiqaruv moslamalari (sirena) örnatilgan transport vositalari hamda hukumat rahbarlarini olib yuruvçi, tez tibbiy yordam, yonğin öçiriş, konvoy, inkassator xizmatlarining transport vositalari;
  • şahar yölovçi taşiş transport vositalari.

Milliy gvardiya organlari tomonidan mulkiy zarar miqdorini aniqlaş hamda uning örnini qoplaş bilan boğliq xarajatlar Milliy gvardiyaga har yili ajratiladigan byudjet mablağlari doirasida amalga oşiriladi.

Milliy gvardiya organlari tomonidan davlat organlari, boşqa taşkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan majburiy tarzda harbiy xizmatçining (xodimining) noqonuniy xatti-harakatlari tufayli foydalanganlik natijasida yetkazilgan mulkiy zararning örni Milliy gvardiyaning byudjetdan taşqari jamğarmasi mablağlari hisobidan qoplanadi, uşbu summa keyinçalik aybdor şaxsdan undirib olinadi.

×