Andijonda «Karantin COVID-19» maxsus ruhsatnomasini qalbakilaştiriş bilan şuğullanayotgan şaxslar qölga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati maʼlum qildi.
Aytilişiça, fuqaro A.Ş yaqin qarindoşi A.Z bilan Andijon şahri, Çinobod köçasidagi yaşaş xonadonida «Karantin COVID-19» maxsus ruxsatnomasini rangli printer yordamida tayyorlab, 100 000 söm evaziga tanişi A.U ga berganligi va u esa mazkur qalbaki hujjatdan foydalangan holda öziga tegişli «Damas» rusumli avtomaşinasida şahar hududida harakatlanib yurganligi aniqlandi.
Şuningdek, tezkor tadbir davomida A.Ş.ning uyida soxta yana 7 dona «Karantin COVID-19» maxsus ruxsatnomasi, eski turdagi haydovçilik guvohnomalari va tallonlari, notarius tomonidan berilgan işonçnomalar tayyorlaganligi maʼlum bölgan va ular bayonnoma orqali aşyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Oltinköl tumani IIB huzuridagi tergov bölinmasi tomonidan JK (Jinoyat kodeksi) bir neça moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, A.Ş va A.Z.larga nisbatan «qamoqqa oliş» ehtiyot çorasi qöllanişi böyiça çora tadbirlar belgilandi.
Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.









