Özbekistonda 15 yildan beri qidiruvda bölgan şaxs Qozoğistonning Olmaota şahrida qölga olindi. Bu haqda Qozoğiston Içki işlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, 41 yoşli Özbekiston fuqarosi R. Olmaotada şahar migratsiya xizmati va şahar kriminal politsiyasi xodimlari tomonidan hibsga olingan.
“Qidiruv - MDH” tezkor-profilaktik tadbiri davomida jinoyatçilar aniqlandi. Xususan, 1982 yilda tuğilgan Özbekiston fuqarosi 2008 yilda Özbekiston IIV Surxondaryo viloyati IIB tomonidan davlatlararo qidiruvga berilgan şaxs. Qölga olingan jinoyatçi vaqtinçalik saqlaş hibsxonasiga joylaştirildi”, deyiladi xabarda.
Olmaota şahar politsiya departamenti migratsiya xizmati rahbari Asxat Butunçinovga köra, hozirda fuqaro R.ni Özbekistonga ekstraditsiya qiliş masalasi hal qilinmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Xalqaro qidiruvda bölgan şaxs birinçi marta Şvetsiyadan Özbekistonga ekstraditsiya qilingan edi. Şuningdek, diniy ekstremistik taşkilotlarning harakatlarida iştirok etgani uçun xalqaro qidiruvda bölgan özbekistonlik gumonlanuvçi birinçi marta Misrdan Özbekistonga ekstraditsiya qilingandi.









