Özbekistondan Rossiyaga kirişga ruxsat berildimi? Elçixona eslatma bilan çiqdi

Özbekistondan Rossiyaga kirişga ruxsat berildimi? Elçixona eslatma bilan çiqdi

Joriy yilning, 16 fevral holatiga köra, Rossiya tomoni Özbekiston fuqarolarining mamlakatga kirib kelişi, jumladan, öqiş maqsadida kelişi uçun örnatilgan çeklovlarni bekor qilgani yöq. Bu haqda Özbekistonning Rossiyadagi Elçixonasi xabar berdi.

Rossiya isteʼmolçilar huquqlari va inson farovonligi himoyasi sohasida nazoratni amalga oşiriş Federal xizmati saytida joylaştirilgan axborota köra, “yangi koronavirus infektsiyasi tarqalişi xavfi saqlanib qolayotgan şaroitda aviaqatnov tiklangan mamlakatlardan kelayotgan xorijiy talabalar COVID-19 ga PTSR usuli bilan ikki marta – Rossiya Federatsiyasi hududiga kirib kelişdan köpi bilan uç kun oldin hamda Rossiya Federatsiyasi hududiga kirib kelgandan söng 72 soat mobaynida test topşiradi”.

Şu munosabat bilan, Elçixona Rossiya oliy öquv yurtlarida taʼlim oladigan Özbekiston fuqarolari uşbu mamlakatga kirişga huquqi bölgan fuqarolar toifasiga kirmasligini yana bir marotaba eslatib ötgan.

×