Yangiyöl taksiçilarini Telegram’da haqorat qilgan IIB xodimi egallab turgan lavozimidan çetlatildi
22 oktyabr kuni Telegram’dagi «Voditeli Yangiyulya» kanaliga özini Yangiyöl tuman YHXB boşliğining örinbosari Usmon deb taniştirgan şaxs şu guruh iştirokçilari hisoblangan 1650 nafar taksi haydovçisini qöpol tarzda haqoratlab, ularning şaʼni va qadr-qimmatini kamsituvçi sözlar aytilgan 38 soniyalik audiofaylni joylaştirgani haqida xabar berilgandi
Toşkent viloyati IIBB matbuot xizmatining maʼlum qilişiça, tarqatilgan audioyozuv yuzasidan 23 oktyabr kuni soat 21:30 larda Yangiyöl şahrida joylaşgan YHXB maʼmuriy binosi atrofiga 100 ga yaqin yönalişsiz taksi haydovçilari izoh berilişini sörab yiğilgan.
Şunda viloyat IIBB 4-mintaqaviy hudud, Yangiyöl şahar va tuman IIB rahbarlari yiğilganlar bilan uçraşib, YHXB katta inspektori Usmon Zamonovga nisbatan hozirda xizmat tekşiruvi ötkazilayotganligini, barça töplangan hujjatlar prokuratura idoralariga yuborilib, qonunda belgilangan tartibda çora körilişi tuşuntirilganidan söng, yiğilganlar tarqalgan.
Toşkent viloyati IIBB tomonidan olib borilgan batafsil tekşiruv işlari natijalariga köra, Usmon Zamonov tekşiruv davomida audioyozuv haqiqatan ham öziga tegişli ekanligini maʼlum qilgan.
Şuningdek, Usmon Zamonov özining tuşuntiriş xatida 22 oktyabr kuni Telegram’dagi «Voditeli Yangiyulya» nomli guruhda taksi haydovçilari tomonidan YPX xodimlarini kamsituvçi postlar tarqatilganidan söng, ularga javoban uşbu haqoratli audioyozuvni yuborganligini tan olgan.
YPX inspektori uşbu xatti-harakatlari bilan fuqarolar örtasida içki işlar organlariga nisbatan salbiy fikrlar kelib çiqişiga hamda jamoatçilik eʼtiroziga sabab bölganligi uçun viloyat IIBB rahbariyatining körsatmasiga asosan, YHXB katta inspektori leytenant Usmon Zamonov egallab turgan lavozimidan çetlatildi.
Hozirda prokuratura tomonidan holatga huquqiy baho beriş maqsadida tergovga qadar suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.









