Bugun, 1 iyul kuni Tailand Konstitutsiyaviy sudi mamlakat Boş vaziri Pxetxongtxan Çinavatni Kambodja Senati raisi va sobiq boş vaziri Hun Sen bilan bölgan telefon suhbati maʼlumotlarining sizib çiqişi bilan boğliq janjal ortidan vaqtinça lavozimidan çetlatdi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Pxetxongtxan Çinavat va Kambodja Senati raisi Hun Sen örtasidagi 15 iyun kuni bölib ötgan telefon suhbati davomida Pxetxongtxan Tailand armiyasining taʼsirli şaxslaridan biri – 2-harbiy okrug qömondoni haqida tanqidiy fikr bildirgan. Aynan uşbu bayonot jamoatçilik va siyosiy doiralarda kuçli norozilikka sabab böldi.
Gap şundaki, joriy yilning may oyida Kambodja bilan çegaradagi qurolli töqnaşuvda bir kambodjalik askar halok bölgaç, bu masala ikki davlat örtasida keskin tortişuvlarga sabab bölgan. Pxetxongtxan uşbu muammoni yumşatişga harakat qilganini aytgan, ammo uning telefon orqali Tailand harbiylarini, ayniqsa jangovar harakatlar tarafdori sifatida körilayotgan qömondonni tanqid qilişi muhim “qizil çiziq”ni bosib ötiş sifatida körildi.
“Men faqat qanday qilib muammo çiqmasligiga, qanday qilib qurolli töqnaşuvdan saqlanişga va askarlar qurbon bölmasligiga erişişni öyladim. Agar men boşqa yetakçi bilan şunday gaplaşib, bu salbiy oqibatlarga olib kelsa, buni heç qaçon keçira olmayman”, deya izohlagan u öz suhbatini.
Pxetxongtxan keyinçalik bu sözlarni “muzokara taktikasining bir qismi” sifatida ham tuşuntirgan va uzr söragan, biroq bu yetarli bölmadi. Bangkok markazida minglab konservativ va millatçi norozilar uning isteʼfosini talab qilib miting ötkazdi.
Şundan söng 36 nafar senator boş vazirni etika normalarini buzganlikda ayblab sudga murojaat qilgan. Sud Pxetxongtxanga nisbatan yakuniy qaror çiqarilguniga qadar uni boş vazirlik vazifalarini bajarişdan vaqtinça çetlatiş töğrisida qaror qabul qilgan.
“Sudyalar Pxetxongtxanning boş vazirlik vakolatlarini vaqtinça töxtatişga ovoz berdi. Endi uning ustidan yakuniy qaror qabul qilinmagunça bu lavozimda işlay olmaydi. Biroq u yangi hukumat tarkibida madaniyat vaziri sifatida faoliyat yuritişda davom etişi mumkin”, deb yozdi Thai Enquirer naşri.









