Blogerlarni haqorat qilgan tibbiyot birlaşmasi boşliği işdan böşatildi

Blogerlarni haqorat qilgan tibbiyot birlaşmasi boşliği işdan böşatildi

Farğona viloyati Rişton tuman tibbiyot birlaşmasi boşliği jurnalistlarni haqorat qilgani xabar qilingandi. «Bugun.uz» muxbiri birlaşma boşliğining işdan böşatilganini maʼlum qildi.

Maʼlum bölişiça, blogerlar tumandagi oilaviy poliklinikalarda emlaş işlariga uzundan-uzoq navbatlar hosil bölayotgani hamda vaksinatsiya jarayonlari sifatli taşkil etilmayotgani haqida fotoxabar joylaştirgan va tuman tibbiyot birlaşmasi rahbari U.M. buning uçun ularni xaqorat qilgan.

Taʼkidlanişiça, tibbiyot birlaşmasi rahbari holat yuzasidan uzr sörab, murojaat qilgan.

«Bugun ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audioyozuvga munosabat bildirib ötmoqçiman. Men aybni yuz foiz öz böynimga olaman. Rişton tumanida Bahodir Eliboyev degan blogerimiz bor. Undan uzr sörayman. Uning şeriklari, umuman, barça blogerlardan uzr sörayman. Bu gaplarni asabiylaşib, jaxlim çiqib gapirib yubordim. Biz ular bilan kelişib oldik»,— deydi u.

Şuningdek, audioda «tovonini yalatgani» aytilgan jurnalist va bloger yoş şifokorni keçirişini aytib, audioyozuvda unga nisbatan işlatilgan sözlar aslida bölmaganini bildirgan. Viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasining buyruğiga asosan U.M. bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bekor qilingan.

×