Maʼlum bölişiça, fuqarolar özaro navbat talaşib janjallaşib, jamoat tartibini buzişgan. Şu sabab xodim ularga kuç işlatgan.
Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda IIO xodimi fuqaroga kuç işlatayotgani tasvirlangan videolavha tarqaldi. Andijon viloyati IIB Axborot xizmati holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinişiça, joriy yilning 19 yanvar kuni Andijon viloyati Asaka tumanida joylaşgan “EVRO METAN” avtomobillarga gaz quyiş şoxobçasida navbatda turgan haydovçilar özaro navbat talaşib janjallaşib, jamoat tartibini buzişgan.
Şu yerga jamoat tartibini saqlaş va tartibbuzarlikni oldini oliş maqsadida biriktirilgan Andijon viloyati IIB Patrul-post xizmati xodimi safdor R.Mirzayev janjalni bartaraf etiş maqsadida fuqarolarni tinçlantirişga harakat qilayotgan vaqtida, janjal sababçilari Asaka tumanida yaşovçilar 2004 yilda tuğilgan O.R. va uning akasi 1997 yilda tuğilgan O.J.lar xodimga nisbatan haqoratli sözlar işlatib, uning qonuniy talablariga böysunmay faol qarşilik körsatganlar.
Hodisa joyida jamoat tartibi tiklanib, tartibbuzarlarga nisbatan jismoniy kuç işlatilgan holda tuman IIBga olib kelinganlar, ular bilan tegişli tartibda profilaktik suhbat ötkazilgan.
“Holat yuzasidan voqea iştirokçilarining, şu jumladan Içki işlar organlari xodimlarining harakatlariga huquqiy baho berilişi taʼminlanadi”, - deyiladi xabarda.









