Bugun prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida bölib ötgan videoselektor yiğilişida Sardobadagi suv toşqiniga sababçi bölganlar jinoiy javobgarlikka tortilişi qatʼiy ohangda taʼkidlab ötildi.
«Xalqimiz bir narsadan köngli töq bölişi kerak, heç qanday ortiqça gap-sözlarga va miş-mişlarga örin bölmasligi lozim. Mening topşiriğimga köra huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan suv toşqini bilan boğliq voqea yuzasidan obʼektiv, xolis va keng qamrovli tergov harakatlari boşlangan. Xalqimizni işontirib aytaman, tergov yakunlari böyiça barça aybdorlar, kim bölişi va egallab turgan lavozimidan qatʼi nazar, qonun oldida javob beradi.
Bu suv toşqini biz uçun aççiq saboq böldi. Şu sababli suv ombori masalasida biz xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda töğonning barça dambalarini çuqur ekspertizadan ötkazamiz. Faqat şundan keyingina yakuniy xulosaga kelamiz» – dedi prezident.









