Özbekiston Respublikasi tovar xomaşyo birajasida ötkazilgan birja savdo natijalariga köra oltin va AI-91 rusumli benzin narxi biroz pasaydi.
Şu yilning 14-19 oktyabr kunlari mobaynida qimmatbaho metallar bozorida ayrim özgarişlar kuzatildi.
Savdo yakunlariga köra, ÖzRTXBda 45,4 million sömlik 100 gr Au-1 markali oltin sotilgan. Birja savdolarida sotuvçi sifatida “Olmaliq KMK” AJ iştirok etdi. Birja kotirovkasi sönggi savdo yakunlariga nisbatan 0,3 foizga pasayib, 1 gramm oltin uçun 454,4 ming sömni taşkil qilgan.
3 ming 32,0 tonna AI-91 rusumli benzin birja savdolariga qöyildi va şundan 2 ming 388,3 tonnasi sotildi.
Sönggi savdo haftasida AI-91 rusumli benzini böyiça şakllangan birja kotirovkasi avvalgi haftaga nisbatan 0,3 foizga pasayib, bir tonnasi uçun 6 ming 243,6 ming sömni taşkil etdi.
Ötgan haftada suyultirilgan gaz işlab çiqaruvçilari birja savdolari orqali 17,6 milliard sömlik 5 ming 851,0 tonna suyultirilgan gaz sotdi. Gazning birjada şakllangan narxi oldingi haftaga nisbatan 8,5 foizga ösib, bir tonna uçun 3 ming 2,8 ming sömni taşkil etdi.
Paxta tolasi bozorida yuqori darajadagi talab saqlanmoqda. Ötgan hafta 1 nav 4 tip (oliy klass)dagi paxta tolasi böyiça narxlar 7,9 foizga ösib, bir tonna uçun 14,6 million sömni taşkil etdi. Paxta tolasini 2019 yil hosili boşqa navlarining narxlari örtaça 7,3 million sömdan 13,0 million sömgaça böldi.









