Cabzi narxi 4-5 baravar pasaydi. U yana kimmatlaşi mumkinmi?

Cabzi narxi 4-5 baravar pasaydi. U yana kimmatlaşi mumkinmi?

Özbekistonda noyabr oyidagi sabzining narxini joriy yilning iyuni oyi bilan taqqoslaganda 4-5 barobargaça tuşdi. Özbekison Qişloq xöjaligi vazirligining prognozlariga köra, 2022 yil bahorida kutiladigan yangi hosilga qadar sabzining narxi şu darajada saqlanib qoladi.

Körilgan çoralar natijasida 2021 yilda sabzining örtaça hosildorligini bir gektardan 20-25 tonnadan 30-40 tonnagaça miqdorda oşiriş imkoniyati yaratilgan. Şu tariqa 1 kg sabzining tannarxi fermer xöjaliklarida 700-800 sömgaça (6,5-7,5 tsent) arzonlaşgan.

Qayd etilişiça, 20 iyun holatiga köra, 1 kg sabzining örtaça çakana narxi 6000-10000 sömni taşkil etgan bölsa, bugungi kunda (2021 yil oktyabr-noyabr) 2000 sömgaça tuşgan, dalaning özidagi örtaça xarid narxi esa 1 kg sabzi uçun 1000-1500 söm atrofida.

“Joriy yil sabzi narx özgarişi tufayli köp bora eʼtibor markazida böldi, buning asosiy sababi 2021 yil bahorda “ertapişar sabzining” yetilişi deyarli bir oyga keçikdi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Taʼkidlanişiça, 2021 yili barça toifa xöjaliklarida sabzi jami 124,4 ming gektar (ötgan yilga qaraganda, 18,2 ming gektarga köp) maydonda ekilgan. 2021 yilda yetiştirilgan 2 mln tonnadan ortiq hosildan asosiy qismi içki bozor ehtiyojlarini qondirişga yönaltirilmoqda.

“Bunda “takroriy ekindan” yiğilgan 140 ming tonna sabzi qişki-bahorgi mavsumda aholi taʼminoti uçun zaxiraga olinadi, “keçpişar” sabzining bir qismi esa umumiy quvvati 250-300 ming tonna bölgan önlab ixtisoslaştirilgan korxonalar bazasida qayta işlanadi (2020-yili 110 ming tonna sabzi qayta işlaş, yaʼni quritiş, şok usulida muzlatişga yuborilgan edi).

Taʼkidlaş kerak, mamlakat aholisining sabzi mahsulotiga bölgan yillik talabi 700-800 ming tonnani taşkil etadi (tibbiy meʼyorlarga köra, bir insonning yillik ehtiyoji taxminan 20 kg dan iborat). Isteʼmol savatçasidagi sabzi mahsulotining uluşi 0,4 foiz hisoblanadi”, deyiladi rasmiy xabarda.

Vazirlik maʼlumotiga köra, 2021 yil 1 noyabr holatiga köra, jami 50,5 ming tonna yoki ötgan yilgi şu davrga nisbatan 17 foiz (43,4 tonna)ga köp sabzi eksport qilingan. Eksport qilingan sabzining 65 foizi aprel-iyun oylari, yaʼni “ertapişar sabzi” mavsumiga töğri kelgan.

2021 yilda 7,6 mln AQŞ dollariga teng sabzi mahsuloti 9 davlatga eksport qilindi: asosan Qozoğiston Respublikasiga 30,5 ming tonna (4 mln AQŞ dollari), Qirğiziston Respublikasiga 16,5 ming tonna (2,8 mln AQŞ dollari), Rossiya Federatsiyasiga 3 ming tonna (704 ming AQŞ dollari), şuningdek, Tojikiston, Belarus, Çexiya, Ukraina, Koreya Respublikasi va BAA davlatlariga yetkazib berilgan.

×