Oltin narxi yangi tarixiy rekord örnatdi

Oltin narxi yangi tarixiy rekord örnatdi

Bugun, 8 avgust kuni Çikago tovar birjasida (CME) oltin fyuçerslari narxlari 2,32 foizga oşib, bir untsiya uçun 3534,1 dollarga yetdi va rekord örnatdi. Bu haqda CME maʼlumotlarida keltirilgan.

Toşkent vaqti bilan 10:26 da ösiş surʼati 1,13 foizgaça sekinlaşdi va kotirovkalar bir untsiya uçun 3493 dollarga qaytdi. Avvalgi maksimum joriy yilning 22 aprel kungi savdolarida bir untsiya uçun 3509,9 dollar darajasida qayd etilgan.

“Reuters”ga köra, bu AQŞ 1 kilogramm oğirlikdagi oltin quymalar importiga boj joriy etgani haqidagi xabar ortidan yuz bergan. Tahlilçilar bu qaror qimmatbaho metallar bozorini tubdan özgartirişi mumkinligini aytmoqda. Bundan taşqari, bu AQŞ va Şveytsariya örtasidagi munosabatlarni ham yomonlaştirişi mumkin, çunki Şveytsariya uçun AQŞ eng muhim eksport yönalişlaridan biri hisoblanadi.


Teglar:
×