Oltinning qiymati yana tarixiy rekord örnatdi. Çikago tovar birjasida (CME) joriy yil aprel oyiga möljallangan fyuçerslar 0,34 foizga oşib, untsiyasi uçun 3001,62 dollarga yetdi va şu tariqa birja narxi birinçi marta untsiyasi uçun 3000 dollar çegarasidan oşdi. Bu haqda CME saytida keltirilgan.
Narxlarning ösişiga dunyo böylab xavfsiz aktivlarga bölgan talabning ortişi va savdo keskinligining kuçayişi sabab böldi. “Bloomberg” naşrining yozişiça, oltin narxi tarixiy maksimumga yetganiga AQŞ Prezidenti Donald Trampning metallarga bojxona tariflari joriy etgani sabab bölgan. Şuningdek, investorlar AQŞ iqtisodiyotining istiqbollarini va Federal Rezerv tizimining (FRS) foiz stavkalari böyiça qarorlarini qayta baholamoqda.
Tramp tomonidan pölat va alyuminiy importiga joriy etilgan bojlar 12 mart kuni kuçga kirib, eksportga tayanadigan Osiyo mamlakatlarida xavotir uyğotdi hamda Yevropa Ittifoqi va Kanada tomonidan zudlik bilan javob çoralarining körilişiga olib keldi.
IG Group kompaniyasining bozordagi strategik tahlilçisi Yip Jun Rongning sözlariga köra, savdo keskinligi ortişi kutilayotganligi sababli investorlar tavakkalçiliklardan qoçmoqda. Şuning uçun ular volatil bozor şaroitida xavfsiz aktiv sifatida oltinni sotib olişga qaytayotgani kuzatilmoqda.
Jahon Oltin kengaşi (World Gold Council) hisob-kitoblariga köra, ötgan yilda oltin narxi 40 martadan ortiq rekord yangilagan. Bunga yirik markaziy banklarning foiz stavkalarini pasaytirişi, Yaqin Şarq va Şarqiy Yevropadagi geosiyosiy keskinlikning kuçayişi, AQŞ prezidentlik saylovlarining noaniqligi va markaziy banklarning oltinni faol sotib olişi sabab bölgan. 2024 yilda oltin 27 foizga qimmatlab, eng daromadli xomaşyolardan biriga aylangan.
Avstraliyaning Macquarie investitsiya banki tahlilçilariga köra, oltinning narxi 2025 yilning uçinçi çoragida untsiyasi uçun 3500 dollarga yetişi mumkin. Bank mutaxassislari bunday optimistik prognozni investorlar, jumladan davlat tuzilmalari tomonidan kredit va kontragent xavf-xatarlarini xedjlaşga (taʼminot çoralarini körişga) tayyorligi ortgani bilan izohlaşmoqda.
Goldman Sachs banki esa oltinning 2025 yil oxiridagi maqsadli narxini 3000 dollardan 3100 dollarga oşirdi. Citigroup tahlilçilari esa fevral oyida oltin uç oy içida 3000 dollarga yetişini taxmin qilgan edi, biroq bu mart oyidayoq röy berdi.









