2021 yilning 27 dekabr va joriy yilning 2 yanvar kunlari Özbekistonda paxta yoği, suyultirilgan gaz va paxta tolasining narxi pasaydi. Bu haqda “Özbekiston Respublikasi tovar-xomaşyo birjasi” AJ Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, ötgan haftada birja savdolarida 2 434,0 tonna paxta yoği sotilgan. Ötkazilgan savdolarda har kuni örtaça 66 xaridor iştirok etgan. Örtaça kunlik sotuv hajmlari 609,0 tonnani taşkil qilgan.
Körib çiqilayotgan davrda barça navli paxta yoğining kunlik örtaça narxlari mahsulotning bir tonnasi uçun 15 519,0 ming sömdan 14 364,7 ming sömgaça, yaʼni 7,4 foizga pasaygan.
Suyultirilgan gaz
Birjaning suyultirilgan gaz bozorida narxlar pasayişi qayd etildi. Hafta davomida birja savdolariga 10 399,0 tonna suyultirilgan gaz qöyildi va ulardan 7 487,0 tonnasi, yaʼni 72,0 foizi sotildi. Ötkazilgan savdolarda har kuni örtaça 144 xaridor iştirok etdi.
Körib çiqilayotgan davrda suyultirilgan gaz böyiça şakllangan kunlik örtaça narxlar mahsulotning bir tonnasi uçun 2 536,7 ming sömdan 2 422,7 ming sömgaça, yaʼni 4,5 foizga pasaygan.
Ötkazilgan birja savdolari natijasida suyultirilgan gaz böyiça şakllangan örtaça haftalik narxi mahsulotni bir tonnasi uçun 2 491,1 ming sömni taşkil etdi.
Paxta tolasi
Ötgan haftada birja savdolarida 7 219,0 tonna paxta tolasi sotildi. Örtaça kunlik sotuv hajmlari 1 805,0 tonnani taşkil qildi.
Körib çiqilayotgan davrda barça navli paxta tolasining kunlik örtaça narxlari mahsulotning bir tonnasi uçun 29 893,0 ming sömdan 27 410,6 ming sömgaça, yaʼni 8,3 foizga pasaygan.









