Toşkentda öz qizini “eplolmayotgan”, nazorat qilolmayotgan ota IIBdan yordam söradi

Toşkentda öz qizini “eplolmayotgan”, nazorat qilolmayotgan ota IIBdan yordam söradi

“7news.uz”ning işonçli manbasi xabariga köra, 2019 yil 16 oktyabr kuni jinoyat işlar böyiça Çilonzor tuman sudi öz binosida raislik qiluvçi sudya S.Aripov raisligida, Toşkent şahar Çilonzor tuman prokurorining örinbosari A.Muxtorov, Çilonzor tumani IIO FMB HPB inspektori leytenant S.Açurkin, Çilonzor tumani HTMFMTTE bölimi qoşidagi “Vasiylik va homiylik” bölimi bolalarni ijtimoiy himoyasi böyiça mutaxassisi X.Normatovning iştirokida voyaga yetmagan  K.A.(15 yoşli qiz)ni Ijtimoiy-huquqiy yordam körsatiş markaziga joylaştiriş töğrisidagi  iltimosnomani  körib çiqdi.

Toşkent şahar Çilonzor tumani Içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi boşliği I.Tillayev tomonidan 2019 yil 16 oktyabrda sudga kiritilgan 27/49-1215–sonli iltimosnomada 2004 yilning 12 noyabrda tuğilgan K.A. voyaga yetmagan farzandi K.A.ning tarbiyasi bilan şuğullanişini, lekin uni tarbiya qila olmayotganini, farzandi öziga zarur xulosa çiqarmasdan Toşkent şahridagi özi yaşaş manzilidan bedarak yöqolib qoliş holatlari, nazoratsiz va qarovsiz qolib köçalarda tunlari bemaqsad daydib yurib axlokan buzilib ketganligi sababli va bir-neça marotaba tuman IIB xodimlari olib borib qoçib ketmaslik töğrisida ogohlantirib onasiga topşirganiga qaramasdan, öziga töğri xulosa çiqarmayotganligi hamda kelgusida noxuş holatlarni oldini oliş va jinoyat sodir etmasligi maqsadida K.A.ni Voyaga yetmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam körsatiş markaziga joylaştiriş söralgan.

Sud, sud majlisi iştirokçilarining iltimosnomasini qanoatlantirib, K.A.ning otasi K.A. farzandining tarbiyasi bilan lozim darajada şuğullana olmagani sababli u şuningdek, K.A. tizimli ravişda özi yaşaş manzilidan bedarak yöqolib qoliş, nazoratsiz va qarovsiz qolib köçalarda tunlari bemaqsad daydib yuriş holatlariga barham beriş, kelgusida noxuş holatlarni oldini oliş K.A.ning nazoratsizligi oqibatida uning hayoti yoki soğliği uçun xavf tuğdiradigan holatlar yuzaga kelişiga yöl qöymaslik maqsadida K.A.ni Voyaga yetmaganni ijtimoiy-huquqiy yordam körsatiş markaziga joylaştiriş haqidagi iltimosnomani qanoatlantiriş maqsadga muvofiq deb hisobladi.

×