“Tolibon” Rossiyadan yordam söradi

“Tolibon” Rossiyadan yordam söradi

Rossiya Birlaşgan Millatlar Taşkiloti va Afğoniston örtasida sanktsiyalar bosimini kamaytiriş masalasida vositaçi bölişi, şuningdek mamlakatni qayta tiklaşga yordam berişi mumkin. Bu haqda Afğoniston muvaqqat hukumatining Madaniyat va axborot vaziri örinbosari Zabihulla Mujohid maʼlum qilgan. 

“U (Rossiya — tahr.) biz bilan BMT örtasida yangi vositaçi bölişi mumkin, jumladan, sanktsiyalar bosimini pasaytiriş masalasida. Şuningdek, biz undan mintaqada va xususan Afğonistonda vaziyatni tinç yöl bilan hal qilişda, mamlakatimizni qayta qurişda yordam söraymiz”, degan Mujohid. 

Vazir örinbosarining sözlariga köra, Afğonistonning yangi hukumati BMT Xavfsizlik Kengaşining bölajak yiğilişlarida Qobul uçun aniq ijobiy natijalarni kutmoqda. 

Eslatib ötamiz, “Tolibon” harakati vakillari Birlaşgan Millatlar Taşkilotiga murojaat qilib, yuqori darajali Boş Assambleya haftaligida qatnaşiş niyatini bildirgandi va Muhammad Suhayl Şohinning nomzodini Afğonistonning doimiy vakili sifatida tasdiqlaş uçun yuborgandi. 

×