Keça, 5 yanvar kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan ukrainalik mavqedoşi Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda ikki davlat rahbarlarining matbuot xizmatlari xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, yetakçilar global va mintaqaviy muammolarni, jumladan, Rossiya-Ukraina mojarosini muhokama qilgan.
“Yaqinda mahbuslar almaşinuvi har ikki rahbar tomonidan qayd etildi. Ukraina Prezidentining taʼkidlaşiça, keyingi almaşinuvlar, Rossiya tomonidan noqonuniy uşlab turilgan siyosiy mahbuslar va qrim-tatarlarni ozod qiliş, öğirlangan bolalarni qaytariş ayni paytda ham muhimligiça qolmoqda. Ukraina yetakçisi bu masalada Turkiyadan yordam söradi. Prezidentlar, şuningdek, qisqa vaqt içida Turkiyada Ukrainaning tiklaniş forumini ötkazişga kelişib oldi”, deyiladi Zelenskiy matbuot xizmati tomonidan eʼlon qilingan bayonotda.
Erdöğan esa suhbat çoğida Ukraina va Falastin yerlarida qon tökilişini töxtatiş va tinçlik örnatiş uçun katta saʼy-harakatlar qilayotganini taʼkidlagan.
Şuningdek, u Turkiya Ukrainada tinçlikni taʼminlaş uçun vositaçi rolini zimmasiga olişga va tinçlik muzokaralarini olib borişga tayyorligini bildirgan. Turkiya rahbari imkon qadar tezroq öt oçişni töxtatişga erişiş kerakligini aytgan.
Erdöğan ğalla yölagini qayta tiklaş muhimligini ham taʼkidlab, şu maqsadda diplomatik aloqalarni davom ettirayotganini qöşimça qilgan.
Öz navbatida, Vladimir Zelenskiy Rossiyaning “tinç navigatsiyani buzişga urinişlariga qaramay, Ukraina global oziq-ovqat barqarorligining kafolati” bölib qolayotganini aytgan. Uning sözlariga köra, muqobil don yölagi işga tuşirilgaç, u orqali 14 million tonnadan ortiq yuk ötkazilgan.
Zelenskiy Ukraina Qora dengizdagi xavfsizlik holatini yaxşilaş borasidagi saʼy-harakatlarni davom ettirişga tayyor ekanini aytib ötgan va Turkiya, Bolgariya va Ruminiyaning minalardan tozalaş borasidagi saʼy-harakatlarini yuqori baholagan va ularga qöşilişga tayyor ekanini bildirgan.
Ukraina yetakçisi Erdöğanga Tinçlik formulasini qöllab-quvvatlagani uçun minnatdorlik bildirgan.
Eslatib ötamiz, ötgan yilning 17 iyul kuni Ukrainaning uçta portidan (Çernomorsk, Odessa va Yujniy) ğalla eksporti uçun yölak yaratiş hamda Rossiyaga oziq-ovqat va öğitlarini eksport qilişi yölidagi tösiqlarni bartaraf etişni nazarda tutuvçi “Qora dengiz taşabbusi” tugatilgandi. Rossiya tomoni qaşşoq davlatlar uçun taşkil etilgan “Don kelişuvi”doirasidagi oldi-sotdi jarayonlarining 81 foizi yuqori va örtadan yuqori daromadli mamlakatlarga töğri kelişini, bularning barçasi Birlaşgan Millatlar Taşkiloti şafeligida amalga oşirilayotganini bildirgandi. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin “Ğalla bitimi”böyiça barça şartlar bajarilmagunça, mamlakat taşabbusdagi iştirokini töxtatib qöyişini aytdi. Ğarb davlatlari Rossiyani kelişuvga qaytişga çaqirdi, hatto, Turkiya Prezidenti Soçiga borib Putin bilan gaplaşib qaytdi. Biroq buning foydasi bölmadi – “Don bitimi” tiklanmadi.









