Saudiya Arabistoni Isroildan yordam söradi

Saudiya Arabistoni Isroildan yordam söradi

Yamanda husiylar harakatining pozitsiyasi kuçayişi fonida Saudiya Arabistoni Isroildan kömak söradi. Mazkur sörov ijobiy hal etilgan. 

Isroilning Walla News naşri xabar berişiça, Saudiya Arabistonining cörovi ortidan Isroil unga husiylar harakatiga oid razvedka maʼlumotlarini taqdim etgan.

Rasman diplomatik munosabat örnatmagan ikki davlat örtasidagi aloqalar AQŞ Qurolli kuçlari markaziy qömondonligi orqali amalga oşirilgan.

Sönggi vaqtlarda Yamandagi husiylar harakati Saudiya Arabistoniga hujumlar uyuştirmoqda. Dron hujumlari oqibatida podşohlikning “Şarq–Ğarb” quvuri orqali neft eksporti töxtatilgan. Uşbu quvurning ötkazuvçanlik quvvati sutkasiga 7 million barrelni taşkil etadi.

Husiylar Qizil dengizdagi bir qator strategik muhim orollarni egallagan va Saudiya kemalarining Bob al-Mandab böğozi orqali ötişini man etgan.

Riyoz hukumati Qizil dengizda kema harakati butkul yopilişidan xavotirda.

Husiylar harbiy harakatlar davom etsa, Saudiya Arabistoni hududiga yangi zarbalar beriş bilan tahdid qilgan.

Telegramdagi «Strategic Focus: Central Asia» kanali ham Saudiyaning AQŞ va yahudiy davlatidan kömak söraşini husiylarning hujumlari va Bob al-Mandab böğozidagi pozitsiyalarini mustahkamlaşi bilan izohlagan.

«Biroq bu yerda yana bir muhim geosiyosiy xavotir paydo bölmoqda. Mintaqadagi ayrim davlatlar AQŞ Eron va husiylar bilan alohida kelişuvga borişi mumkinligidan xavotirda. Bunday stsenariyda Vaşington mintaqadagi eskalatsiyani kamaytirişi mumkin, ammo Saudiya Arabistoni va boşqa davlatlar husiylar tomonidan saqlanib qolayotgan harbiy tahdid bilan yolğiz qolişi ehtimoli mavjud. Şu sababli Riyoz uçun Isroil bilan razvedka hamkorligi faqat husiylarga qarşi taktik çoraga emas, balki AQŞning Eron bilan ehtimoliy kelişuvi şaroitida qöşimça xavfsizlik kafolatlarini şakllantirişga uriniş sifatida ham körilişi mumkin. Ayniqsa, Isroilning Eron va Hörmuz böğozi hududidagi razvedka salohiyati Saudiya uçun muhim ahamiyat kasb etmoqda», — deb yozdi «Strategic Focus: Central Asia».

Arab davlatlari, jumladan, Saudiya Arabistoni rasman Ğazo sektoridagi uruşni qoralagan bölsa-da, AQŞ kömagida Isroil bilan xavfsizlik jabhasida hamkorlikni kengaytirib keldi.

Avvalroq The Washington Post gazetasi Isroil hamda olti arab davlati (Bahrayn, Misr, Iordaniya, Qatar, Saudiya Arabistoni va BAA) AQŞ vositaçiligida Mintaqaviy xavfsizlik tuzilmasini taşkil qilgani haqida xabar bergandi.

Axios naşri ham parda ortida yaşirin muloqot va hamkorlik davom etayotganini tasdiqlagandi.

Germaniyaning Bild naşriga köra esa, Arab davlatlari ligasi hamda Islom hamkorlik taşkiloti tomonidan Ğazoda minglab tinç aholi vakillari ölimiga sabab bölayotgan Isroilga qarşi amaliy çoralar köriş taklifiga Saudiya Arabistoni, Misr, BAA, Iordaniya, Bahrayn, Sudan va Jibuti qarşi çiqqandi.

Tahlillarga köra, Isroil ayni paytda Yaqin Şarqning mintaqaviy arxitekturasini qayta qurişga intilmoqda. Gap faqat bugungi harbiy tahdidlarni bartaraf etiş haqida emas, balki Yaqin Şarqning kelajak siyosiy va iqtisodiy modeli haqida ketmoqda.


×