Suriya Soğliqni saqlaş vaziri Hasan al-Ğabaş 8 fevral kuni butun dunyo mamlakatlarini Damaşqqa asbob-uskunalar yuborişga va 6 fevraldagi zilzila oqibatlarini bartaraf etişda yordam berişga çaqirdi. Tegişli bayonot departamentning Facebook’dagi sahifasida eʼlon qilindi.
“Mening voqea joyidan dunyoning barça mamlakatlariga murojaatim: barça jihozlarni taqdim eting va yordam bering. Zilzila jabrdiydalariga yordam körsatgan barçaga minnatdorlik bildiramiz, bu yordam oqimi davom etadi va töxtamaydi, degan umiddamiz”, degan vazir.
Taʼkidlaş joizki, Birlaşgan Millatlar Taşkiloti zilziladan oldin ham Suriya aholisining 70 foizi insonparvarlik yordamiga muhtojligini aytgan edi. BMTning Suriya böyiça doimiy koordinatori ham zilzila fojiasi har kuni öz yaqinlarini boqiş uçun kuraşayotgan köplab zaif oilalarga halokatli taʼsir körsatganini aytgan. BMT va boşqa gumanitar yordam taşkilotlari ayni damda oziq-ovqat, boşpana, nooziq-ovqat tovarlari va dori-darmonlarni öz içiga olgan şoşilinç ehtiyojlarga eʼtibor qaratayotganini aytmoqda.
6 fevral kuni Turkiyaning janubi-şarqida (mahalliy vaqt bilan 04:17 da – 7,7 ball va 13:24 da – 7,6 ball) magnitudasi yetti balldan ortiq bölgan ikkita zilzila sodir böldi.
Turkiya janubi-şarqida sodir bölgan dahşatli zilzila qurbonlari soni 8 mingdan oşdi.
Vayronkor zilzila qöşni mamlakatlarda, jumladan Suriya, Livan, Şimoliy Kipr Turk Respublikasi, Gretsiya Kipr va Iroqda ham sezildi.









