Namanganlik yoş deputat Parlamentlararo Ittifoq sessiyasida maʼruza qildi (Foto)

Namanganlik yoş deputat Parlamentlararo Ittifoq sessiyasida maʼruza qildi (Foto)

Parlamentlararo Ittifoq Assambleyasi sessiyasida “Özbekistonda yoşlarga oid davlat siyosati” mavzusida taqdiot namoyiş etildi. Özbekiston Respublikasi delegatsiyasi Parlamentlararo Ittifoq assambleyasining Serbiya poytaxti Belgrad şahrida bölib ötayotgan 141-sessiyasi va majlisi işida qatnaşmoqda.

Yoş deputatlar sonini köpaytiriş uçun yoşlar kvotalari ham Parlamentdagi ayollar va yoşlarning vakilligi örtasidagi boğliqlikni aniqlagan parlamentlararo ittifoqning tadqiqotlariga asoslanadi. 

Yoş avlod vakillarining imkoniyatlarini kengaytiriş – bu yoşlarni siyosiy hayotga jalb qilişga yoki ularga köproq iş joylariga kirişga yordam beradigan qonunlar va siyosatlarni eʼtirof etgan “Kelajak siyosati” mukofotining mavzusi böldi. Bu yilgi mukofot Parlamentlararo Ittifoq, Butunjahon Kelajak Kengaşi va Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Taraqqiyot Dasturi tomonidan taşkil etildi.

Mamlakatimiz delegatsiyasi tarkibida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining deputati, quyi Palataning yoşlar masalalari böyiça komissiyasi aʼzosi Ibrohim Hojiyev Parlamentlararo Ittifoq majlisida maʼruza qildi.

Namanganlik yoş xalq noibi Özbekistonda yoşlarning qonuniy huquq va manfaatlarini taʼminlaş yurtimizda davlat siyosati darajasiga kötarilib, doimo eʼtibor markazida bölib kelayotgani, buni keyingi uç yilda şu sohaga oid 3 ta qonun, Prezident va Hukumatning önlab farmonlari, qaror va farmoyişlari qabul qilingani, jumladan, Boş vazir, hududlarda esa hokimlar raisligida Yoşlar masalalari böyiça idoralararo kengaşlar, Oliy Majlis Qonunçilik palatasida esa Yoşlar masalalari böyiça komissiya va “Yoşlar klubi” iş boşlagani hamda şu asosda bir qator keng kölamli işlar amalga oşirilgani buning yaqqol tasdiğini ekanligini taʼkidladi.

Şuningdek, Xalqaro anjuman iştirokçilari Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning BMT Boş Assambleyasi 72-sessiyasida ilgari surgan BMTning Yoşlar huquqlari töğrisidagi xalqaro konventsiyasini qabul qiliş töğrisidagi taşabbusini qöllab-quvvatladilar.

Qayd etiş joiz, Özbekiston parlamenti tarixidiagi eng yoş deputat - Ibrohim Hojiyevning nufuzli minbardagi maʼruzasi Forum ştirokçilarida kata qiziqiş uyğotdi.

×