Foto: Milliy gvardiya Namanganda şartli qurollangan terrorçilarni zararsizlantirib, yakson qildi

Foto: Milliy gvardiya Namanganda şartli qurollangan terrorçilarni zararsizlantirib, yakson qildi

Milliy gvardiya taşabbusi bilan Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida joylaşgan asfalt zavodiga qaraşli binoda «Köp qavatli binoda garovga olinganlarni uşlab turgan, qurollangan terrorçilarni zararsizlantiriş va yakson qiliş» mavzusida DXX, FVB va IIB bölinmalarining birgalikdagi harakati böyiça maxsus taktik öquvi ötkazildi.

Foto: Milliy gvardiya

Öquvning asosiy maqsadi tegişli xizmat va tuzilmalarning kuç va vositalari bilan tezkor boşqaruvni amalga oşiriş böldi. Obʼektlarda qöporuvçilik harakatlarining sodir etilişiga qaratilgan urinişlarga çek qöyiş, garovga olinganlarni ozod qiliş, xavfsizligini taʼminlaş va ularni uşbu obʼektdan evakuatsiya qiliş, aniqlangan portlovçi vositalarni zararsizlantiriş, jamoat tartibini saqlaş, yonğin, yöl harakati va fuqarolarning xavfsizligini taʼminlaş, favqulodda vaziyatlarda hamkorlikdagi tezkor harakatlarni yuqori darajaga kötarişga eʼtibor qaratildi.

«Milliy gvardiya fuqarolar osoyiştaligini taʼminlaş, terrorçilik harakatlari turli tahdidlarining oldini oliş va unga qarşi kuraşiş borasida bir qator xalqaro hamkorlikdagi öquv maşğulotlari va treninglar ötkazib kelmoqda. Respublikadagi hamkor vazirlik hamda taşkilotlar bilan birgalikda xalqaro tajribalarni qöllagan holda ötkazilayotgan öquvlar harbiy xizmatçi va xodimlarning jangovar şayligini mustahkamlaş, kasbiy mahoratini yanada takomillaştirişda öz samarasini bermoqda», — deyiladi xabarda.

×