Maʼlum bölişiça, uşbu tumanda yaşovçi Zulfiya Abdullayevaning (ismi özgartirilgan) barça kabi közlari benuqson bölgan. Biroq uning ovsini bilan örtasida kelib çiqqan janjal sabab bir közi körmay qolgan.
Joriy yilning 7 avgust kuni soat 19:30larda Yangiqörğon tumanidagi xonadaonlardan birida yaşovçi ovsinlar örtasida tortişuv kelib çiqadi. 24 yoşli kiçik kelin 29 yoşli ovsiniga uydagi yumuşlar sabab qöpol munosabatda böladi. Buni kötara olmagan katta kelin avval bosiqlik bilan masalani xal etmoqçi böladi biroq ovsini xovuridan tuşavermagaç, nafsoniyatga tegadigan sözlar bilan uni haqorat qilib, öz xonasiga kirib ketadi.
Haqoratni kötara olmagan kiçik kelin ovsinining ortidan borib, dastlab eşikni itaradi, eşik oçilmagaç, deraza orqali içkariga kirmoqçi böladi. Derazani oynasini jahl bilan urgan vaqtda oyna sinib, parçasi katta kelinning öng köziga kirib ketgan. Şifokorlarning bergan xulosasiga köra, jabrlanuvçi köz qismidan oğir darajada tan jarohati olgan va öng közi köriş qobiliyatidan ayrilgan.
Hozirda uşbu holat yuzasidan Yangiqörğon tuman IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoiy iş qözğatilib, dastlabki tergov harakatkari olib borilmoqda.









