Davlat xavfsizlik xizmati muqaddas Qurʼon kitobining nodir nusxasini mamlakatimizdan olib çiqib ketilişiga çek qöydi.
Xabarda aytilişiga köra, buxorolik Farrux Şarapov ismli 49 yoşli fuqaro noyob “Qurʼon” kitobini sotiş vaqti qölga olindi. Şarapov uşbu kitobni 150 ming dollarga Qirğiziston fuqarosiga sotmoqçi bölgan.
Özbekiston Respublikasi madaniyat vazirligining ekspertiza xulosasiga köra, XVI asrda qölyozma şaklida bitilgan uşbu «Qurʼoni Karim» usta hattot Mulla Yusuf Saxxof tomonidan kitob şakliga keltirilgan va taxminan XIX asr oxiri va XX asr boşlarida qayta restavratsiya qilingan.
Mutaxassislar fikriga köra, uşbu qölyozma Samarqand hattotlik maktabi uslubida yozilgan, qariyb 5 asrlik tarixga ega, sahifalariga oltin suvi yuritilgan, benazir kitob bölib, uning taxminiy qiymati 1 milliard 880 million söm(200 000$)ga teng.
Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv işlari olib borilmoqda.
Uşbu nodir Qurʼon kitobi tarixiy, ilmiy va badiiy qiymatga ega bölganligi bois, respublikamiz hududidan olib çiqib ketilişi taʼqiqlangan kitoblar sirasiga kiradi. Endilikda u Özbekiston tarixi davlat muzeyiga topşiriladi.









