Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2019 yili Samarqand viloyatiga taşrifi çoğida Imom Buxoriy yodgorlik majmuasini kengaytiriş zarurligini taʼkidlagan edi.
“Bu joy Imom Buxoriy bobomizning ilmiga, islom olamidagi maqomiga munosib bölişi kerak. Mamlakatimizda ziyorat turizmining asosi aslida şu yer. Bu maskanga qança ziyoratçilar kelsayam, qulay şaroit bölişi zarur“, – degan edi Şavkat Mirziyoyev öşanda.

Şunga muvofiq, majmuaning yangi loyihasi işlab çiqildi. Prezident huzurida bir neça bor taqdimot qilinib, takomillaştirildi. Jahon tajribasi ham örganildi.

2021 yil muborak Ramazon kunlarida uşbu ziyoratgohning qurilişi boşlandi. Şu munosabat bilan bu yerda nuroniylar va ziyolilar bilan uçraşuv böldi.
Şavkat Mirziyoyev mömin-musulmonlarni, butun xalqimizni muborak Ramazon oyi bilan muborakbod etdi.
“Ramazon oyi – ezgu niyatlar ijobat böladigan muqaddas oy. Bu qurilişni şu oyda boşlayotganimiz ham xayrli, xosiyatli böladi, qalbimizga taskin beradi.
Bu sohada qilayotgan işlarimizdan maqsad – islomga eʼtiqodimizni, alloma bobolarimizga hurmatimizni ilm bilan bildiriş. Ajdodlarimizga munosib böliş biz uçun juda katta burç“, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Ötgan yili pandemiya tufayli Ramazon oyida diniy amallarni uyda bajarişga töğri kelgani yodga olindi. Bu yil esa masjidlarimiz oçiq, mömin-musulmonlar karantin qoidalariga qatʼiy amal qilib, ibodatlarini ado etmoqda.
Keksalar, nogiron va yordamga muhtoj insonlar, kam taʼminlagan oilalarga beğaraz kömak körsatilmoqda. Ayniqsa, butun dunyo oğir inqirozni boşidan keçirayotgan hozirgi murakkab vaziyatda bu juda muhimligi taʼkidlandi.









