Alimentdan qoçib yurgan fuqaro çetga çiqib ketgani uçun MIB xodimi işdan haydaldi

Alimentdan qoçib yurgan fuqaro çetga çiqib ketgani uçun MIB xodimi işdan haydaldi

Aliment tölamaganiga qaramay, xorijga qoçib ketgan fuqaroga çora körmagani uçun Majburiy ijro byurosi xodimi işdan böşatilgan.

Fuqarolik işlari böyiça Farğona tumanlararo sudining 2018 yil 3 martdagi aliment undiriş haqidagi ijro hujjati MIB Quva tumani bölimiga 12 martda kelib tuşgan.

Ijro hujjati Byuroga kelib tuşguniga qadar qarzdor qarzdor er Qozoğistonga işlagani ketgan. 2019 yil mart oyiga qadar, yaʼni 1 yil davomida u alimentini tölamagan.

Aliment qarzi qayta hisoblanib, qarzdor aliment qarzini tölamagani sababli, unga nisbatan töplangan hujjatlar Byuro tomonidan maʼmuriy sudga yana taqdim qilingan.

Quva tuman maʼmuriy sudining 2019 yil 11 martdagi qaroriga köra, qarzdor er 5 302 666 söm aliment qarzini tölamagani sababli, MJtKning 47-4-moddasiga asosan 15 sutkaga qamab qöyilgan.

Jazoni ötab çiqqan qarzdor keyinçalik ham alimentni tölamagani uçun 2019 yil 20 mayda er yana Qozoğistonga ketgani aniqlangan. Lekin MIB xodimi qarzdorga nisbatan Özbekistondan çetga çiqiş huquqlarini çeklaş va qidiruv eʼlon qiliş çoralarini körmagan.

Şuning uçun 4 iyun kuni MIB xodimi lavozimidan ozod etilgan.

Qarzdorning alimentdan qarzi hozirgaça 6 512 666 söm bölgan. U esa hamon Qozoğistondan qaytmagan. Şuning uçun 19 avgust kuni MIB qarzdorning çetga çiqiş huquqlarini çeklaş hamda unga nisbatan qidiruv eʼlon qiliş haqida qaror qabul qilgan.

Hozir qarzdor qidirilmoqda.

×