Davlat xavfsizlik xizmmati Namangan viloyatida yirik miqdordagi xorijiy valyutaning Qirğizistonga olib çiqib ketilişini töxtatib qoldi.
DXXning Namangan viloyati boşqarmasi xodimlari “Namangan – Kosonsoy” yönalişida harakatlanayotgan 40 yoşli Neʼmatullo Vohidov boşqaruvidagi Captiva rusumli avtomaşina “Gurmiron” mahalla fuqarolar yiğini hududida töxtatildi. Avtomobil xolislar iştirokida közdan keçirilganda uning salon qismida 605 ming 136 AQŞ dollari borligi maʼlum böldi.
Aniqlanişiça, muqaddam sudlangan Neʼmatullo Vohidov Toşkent şahri va Namangan viloyatida istiqomat qiluvçi fuqarolardan olgan uşbu xorijiy valyutalarni maʼlum miqdordagi foiz hisobida haq oliş evaziga Kosonsoy tumanidagi aylanma yöllar orqali bojxona nazoratini çetlab ötib, Qirğiziston Respublikasida yaşovçi “Ilyos” ismli şaxsga yetkazib berişi kerak bölgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan DXX Namangan viloyati boşqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining tegişli moddasiga muvofiq jinoyat işi qözğatilib, uşbu işga aloqador boşqa şaxslarni aniqlaş böyiça ham zarur çora-tadbirlar körilmoqda.









