Qaşqadaryolik ayol akasi va poççasi bilan birga erini urib öldirdi (video)

Qaşqadaryolik ayol akasi va poççasi bilan birga erini urib öldirdi (video)

15 avgust kuni keç soat 19 larda Mirişkor tumani içki işlar bölimiga xabar kelib tuşadi. Tumandagi “Çamanzor” MFYdan oqib ötuvçi kanal irmoğidan Osiyo millatiga mansub, şaxsi nomaʼlum 30-35 yoşli erkak kişining murdasi topiladi.

Zudlik bilan tezkor tergov guruhi tuzilib voqea joyiga yetib borildi, deydi "togri.uz".

Murdada öndan ortiq jarohatlar aniqlangan

Murdaning çap közining yuqori va pastki sohasida, öng çakka sohasida, öng ensa va quloq suprasida, burundagi sinişlar, jami öndan ortiq ezilib, yirtilgan körinişdagi jarohatlar borligi aniqlandi.

Röyxatda boşqa joyda, yaşaş esa boşqa joyda

Koson tumanidagi “Regzor” mahallasida yaşovçi, 1983 yilda tuğilgan Bobir Jumayevni bedarak yöqolgani haqida xabar olinadi. Izsiz yöqolgan yigit boşqa joylarda röyxatda turib, “Paxtazor” mahallasida yaşab yurganligi maʼlum böladi.

Turmuş örtoği erini işlaşga ketganini aytgan

Uning turmuş örtoği Şodiyeva Dilnoza Bobir Jumayevni Rossiyaga işga ketganini aytadi. Ayolning bu gapidan söng IIB xodimlarida şubha uyğonadi va çuqurroq suriştiruv işlari olib boriladi.

Erkak spirtli içimlikka ruju qöygan

Bobir mutassil ravişda spirtli içimliklarga röju qöyganligi, oilasi bilan doimiy ravişda notinç ekanligi aniqlandi.

Murdani suvga taşlaşadi

Dilnoza akasi Öktam va poççasi Qodirlar bilan birga 11 avgust kuni Bobir mast holatda uyda uxlab yotganligidan foydalanib, uni turli töqmoqlar bilan boşiga, badan sohalariga urib, tan jarohati yetkazadi. Jarohatlar natijasi ölgan Bobirni uyda bölgan mototsiklga ortib, Mirişkor tumanidagi boş kanalga olib kelişadi. Murdaning qorin qismiga toş boğlab, uni suvga taşlab yuborişadi.

Ular öldirib qöyganidan keyin, olib çiqib ketişgan

“11 avgust kuni keçki soat yettida mast holda uyga kirib keldi. Öşa kuni Hayit bayrami edi. uyda na non bor, na boşqa oziq-ovqat. Bolam bilan kun böyi oç ötirdik. U esa uyga mast holda kirib kelişi bilan qölimdan bolamni olib, otib yubordi. Özimni esa urib-tepib ketdi. Şundan söng, u menga piçoq tiradi. Men esa köçaga qarab qoçdim. Keyin qöşnimizning telefonidan akamga çiqdim. Kuyoviz meni uryapti dedim. Keyin akam keldi. Akamlar uni tayoq bilan urdi. U joyida öldi. Öldirib qöyganidan keyin olib çiqib ketişdi. Men esa öşa yerda qoldim”, deydi marhumning turmuş örtoği Dilnoza.  

Kelin erini öldirdi

Eslatib ötamiz, Toşkent şahri Kamolon mahallasida istiqomat qilgan yoş oilada yangi kelin turmuş örtoğini dazmol şnuri bilan öldirgan edi.

×